Axborotni himoyalash sohasiga ixtisoslashgan Imperva kompaniyasi eng ko'p ishlatiladigan parollarni aniqlash uchun tadqiqot o'tkazdi va 32 millionta parolni o'rganib chiqdi.
Dastlabki uchta o'rinni faqat raqamlar ishlatilgan parollar egalladi - «123456», «12345» va «123456789». To'rtinchi o'rinda password («parol») so'zi, beshinchi o'rinda «iloveyou» iborasi qayd etilgan.
Impervaning texnik direktori Amixay Shulmanning ta'kidlashicha, agar parolingiz oddiy bo'lsa ma'lumotlaringiz bir soniyadayoq onlayndagi niyati buzuq kimsalar qo'liga o'tib ketishi mumkin. Oddiyroq ifodalaganda, xaker u yoki bu internet-resurusdagi 1 mingta akkauntni o'zlashtirishi uchun atigi 17 daqiqa kifoya.
|