Britaniyalik mutahassislar o`tkazgan tadqiqot natijalariga ko`ra Fransiya poytaxti Parij shahri dunyodagi eng qimmat shahar deb topildi. Bu shaharda turar joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak uchun to`lov boshqa shaharlarga nisbatan qimmat ekanligi aniqlandi. Ikkinchi o`ringa Yaponiya poytaxti Tokio, uchinchi o`ringa esa Norvegiya poytaxti Oslo shahri loyiq topilgan.