"Panorama"dan xabarlar!
Kecha saytimiz jamoasi bilan "Panorama"ga, ya'ni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyiga "7ta haykal 1ta kal" filmining namoyishiga bordik. Borishdan asosiy maqsad zalni o`rganish edi. Kartinaning axborot hamkorlaridan 1i bo`lganimiz shu ishni qilishga qaror qildik. U yerdagi mas'ul xodimlarning aytishiga qaraganda, ikkinchi katta zalda tomoshabin to`lib kirmoqda. Ba'zi seanslarda tomoshabinlar tik oyoqda turib ham kino ko`rishyapti. Tomoshabin ko`pligidan boshqa zallarni ochishga to`g`ri kelmoqda. Panoramaning o`zida uchta zalda namoyish ketyapti. Panoramada seanslar uchun chipta ololmaganlar "Kinochilar uyi"ga borishmoqda. Va yana o`sha mas'ul xodimning aytishiga qaraganda, har 1 seansda zal kulgudan larzaga kelyapti [bu holatni o`zimiz ham his qildik!]. Kino yoqqanidan ba'zi tomoshabinlar 3-4 martalab tushishayotgan ekan. Film prodyusserlari Sanjar Azizov, Aleksey Danilov va rejissyor Sanjar Shodiyevlarning filmdan umidlari katta. Yangi mavzu, yangi kulgu... Bularning hammasi komediya yo`nalishida yangicha talqinda suratga olingan "7ta haykal 1ta kal" filmida mujassam. Kartina muvaffaqiyatini ssenariy bilan 1galikda hozirgi kunda nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda 1inchi raqamli bo`lgan Red-one kamerasi ta'minlagan bo`lsa ajabmas. Bu filmga tushgan tomoshabin zarracha afsuslanmaydi! Biz bunga ishonamiz. Agar shubhangiz bo`lsa, marhamat, kinoni ko`ring!
|