Ijodiy ishlardan bo`shab biroz vaqt topgan Nazarbekov oilaviy ishlarini ham yetkazib olishga qaror qildi. Kuni kecha Shahrixon tumanida (o`z tug`ilib o`sgan joyida) xonanda o`g`lining sunnat to`yini o`tkazib, yurtga osh berdi. Poytaxtdan ham bir guruh san`atkorlar va Nazarbekovning do`stlari bu to`yga tashrif buyurishdi. Poytaxtdagi to`y biroz keyinroq ya`ni Nazarbekovning yangi hovlisi to`yi bilan qo`shib o`tkaziladigan bo`ldi.