Tahririyatimizga kirib kelgan shoira
qiz Sanobar Qulmirzayevaning ushbu she’rini o’qib, ochig’I ikkilanish
va gumonlar iskanjasida qoldik. Mashxur el suygan xonanda,O’zbekistonda
xizmat ko’rsatgan artist Ozodbek Nazarbekov tomonidan qo’shiq qilib
kuylangan ushbu she’r muallifi boshqa ekanligini bilardik. Ammo
Sanobarning kuyib-yonib gapirishidan,bu she’r muallifi o’zi ekanini
isbotlash uchun qilgan sa’y-xarakatlaridan bildikki, bu asar kimlardir
orqali olg’ir ‘’shoir’’ning qo’liga tushgan va muallifi o’zgargan
holda xonondaga xavola etilgan.Balki bunga ishonmassiz,lekin ayni
xaqiqat.Buni Ozodbek Nazarbekovning Sanobar uchun tashkillashtirgan
konsert dasturi ( Konsertda xonanda she’r mualifi Sanobar ekanligini,
"Olg’ir shoir ”dan ranjiganligini aytgan) va O’zbekiston mualiflik
xuquqini ximoya qilish respublika agentligi tomonidan berilgan
guvohnoma istoblaydi.
Avto xalotak tufayli bir qo’lidan
ayrilib,jonlantirish bo’limida faqat o’zudangina najot kutib yotgan
qizning shu’uriga quyilib kekgan satrlarni undan o’zgaga ravo ko’rmagan
Xaq xaqiqatni qaror toptirgan bo’lsa ajabmas…
Aziz o’quvchi,xolis baxo berishni
o’zingizga qoldirdik.Garchi she’r mualifi Sanobar Qulmirzaeva
bo’lsada,endi u xalqning mulkiga sevimli qo’shig’iga aylandi.
Ozodbek Nazarbekov - Sendan bo’lak
Shoira : Sanobar Qulmirzaeva
Go’daklikdan boshginamga balo keldi yog’ilib,
Qo’sha – qo’sha judolikdan nido keldi yog’ilib.
Alamlardan ko’z yoshlarim daryo bo’ldi yig’ilib,
Ichimdagi dardlarimga Darmon yo’q sendan bo’lak.
Raxm qilgin bu xolimga,rahmon yo’q sendan bo’lak.
Xar kun tushlarimga kirib,yo’qlab ketadi akam,
Yana kim xabar olardi men g’aribning xolidan.
Bir tomchi suv so’rayman qurigan baxt niholidan.
Ichimdagi dardlarimga darmon yo’q sendan bo’lak,
Raxm qilgin bu xolimga rahmon yo’q sendan bo’lak.
Jigarlarimni sog’inib, ming azoblar yutarman,
Balki ular meni kutar ,men ularni kutarman.
Naxot endi bu dunyodan,men shundayin o’tarman,
Ichimdagi dardlarimga darmon yo’q sendan bo’lak,
Raxm qilgin bu xolimga rahmon yo’q sendan bo’lak.
Ozodbek Nazarbekov – Bir seni o’ylasam
Shoira : Sanobar Qulmirzaeva
Kim meni deb yig’ladi,kimdir kechirdi,
Kimning dardi menga og’u ichirdi.
Kimdir yuragidan butkul o’chirdi,
Oxir xammasiga bir – bir ko’ndim man.
Bir seni o’ylasam,faqat yondim man.
Yurakka nimadir botib bormoqda,
Alamlar qatmaqat ortib bormoqda,
Borib – borib bag’rim qotib qolmoqda.
Xattoki,dunyodan sovib qoldim man.
Bir seni o’ylasam faqat yondim man.
Kelib ko’r,ko’ksimda nishlar izi bor,
Tillarim uchida tishlar izi bor,
Yelkamda ikkita qushlar izi bor,
Qush edim qaylarga bilmay qo’ndim man.
Bir seni o’ylasam, faqat yondim man.
She’rimni o’g’irlab . . .
Shoira : Sanobar Qulmirzaeva
She’rimni o’g’rilab,mashxur bo’lganlar,
O’g’irlasa qani alam,dardimni.
She’rim qanotiga shuxrat minganlar,
Xalos etolsaydi dardan qalbimni.
Yarimta qo’ngilni yamab bo’lmaydi,
Xayot sinovlarim o’yin bilganlar.
Aldovlarda also tole kulmaydi,
She’rimni o’girlab mashxur bo’lganlar.
Kimlardur uni deb yig’laganmikan,
Alamlarda ko’ksin dog’laganmikan.
She’rga xayotim bog’laganmikan,
She’rimni o’girlab mashxur bo’lganlar.
Jigarin tobutin quchmaganmikan,
Gul yoshida og’u ichmaganmikan.
Meningdek yig’lashdan tinmaganmikan,
She’rimni o’g’rilab mashxur bo’lganlar.
O’sdim o’saverdim,taqdir zarbiga ,
Kim quloq solardi ko’nglim arziga.
Quloq sololsaydi bir bor qalbiga,
She’rimni o’g’irlab mashxur bo’lganlar.
Manzilin bilmagan bitta qush edim,
Xayotning shomida uzun tush edim.
Naxot barchasiga xayru xush dedim,
She’rimni o’girlab mashxur bo’lganlar.
She’rim oshno bo’lsa ko’ngil dardiga,
Mayli,sabab qilsin, kimdir baxtiga.
Faqat yozing uni vijdon qarziga,
She’rimni o’girlab mashxur bo’lganlar…
bejakon
|