O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ozodbek Nazarbekov. Undan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon intervyu oldi. Uylaymizki, bu suhbat barcha uchun qiziq. Bugun san'atda o'ziga yarasha muvaffaqiyatlar bilan ijod qilayotgan xonandalarning suhbati nimalarni o'zida aks ettiradiq Sardorni Nazarbekovning qaysi qirralari kiziqtiradiq Quloq qoqmay, ularni tingladik va suhbatni e'tiboringizga havola etdik. O'qib ko'ring-chi, Rahimxon janoblari qay darajada mohir muxbir bo'la oladi. Suhbat Ozodbekning yangi uyida to'rt qismdan iborat tarzda bo'lib o'tdi...
Sardor Rahimxon: — Konsertlaringiz nomida yashirin ma'no bordek. Bu galgi "Qadamlar hikmati" nimani anglatadi?
Ozodbek Nazarbekov: Biz xit ko'shig'mmizga qarab konsert belgilamaymiz. Aksincha, avvap nomni aniqlab olib, shu asosida "guldasta"lar yasaymiz. Bu galgi nomga ijod yo'li, deb xam kerash mumkin. Yoki xeyot... xar bir bo'layotgan jarayonlardan o'zimiz uchun olingan saboqlar natijasidan kelib chiqib, shu nomni tanladik. Aslida, yaxshilik yoki ko'ngilsizliqdan ham xikmat qidirish kerak. Shu hikmatni topa olsak va o'zimizga singdirsak. bu bizning yutug'imiz.
— Ishlash uslubingizga havasim keladi. Atrofingizdagi barcha insonlar bilan samimiy munosabatni bir xilda ushlab turasiz. Pul va sherikchilik bor joyda albatta qandaydir kelishmovchiliklar bo'lishi aniq. Bu masalalarni kanday hal etasiz?
O.N.: — Guruhimizdagi har bir insonning o'z ishi bor. Birovning ishiga birov aralashmaydi. Mening vazifam esa faqat ijod qilish. Guruxda o'zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelib qolgan takdirda ham shu muammo mengacha yetib kelmaydi. Atrofimdagi yaqinlarimning o'zlari bartaraf qilishadi. Shuning uchun ham barcha bilan samimiyligim saqlanib qoladi.
S.R.: — 5-6 yil ilgarigi turk, eroncha ko'shiq larni o'g'irlab, mashhurlikka erishib, so'ng mana man, deb kerilib yurgan san'atkorlar bugun yo'k,. O.N.: — Bu holat barcha davlatlarda bor. Ammo umri qisqa. Bir keladi, keyin ketadi. Birovning qilgan mehnati evaziga kun ko'rishni o'ziga ep bilibdimi, shundan ham uning qanday insonligini bilsang bo'ladi. Uzing aytganingdek, vaqg o'tib, ular yo'q bo'lib boraveradi. Asl san'at esa millat musiqalari bilan tarixga muhrlanadi S.R.: — Tanqidchilaringiz kimlar? O.N.: — Eng birinchi tanqidchim ustozimiz Musaxon Nurmatov. Kichkinagina xatomni ham katta qilib ko'rsatib, hozirgi holati, kelajakdagi kelishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarigacha faktlar asosida isbotlab beradi. Shunaqa so'zlarni eshitgandan keyin uch-to'rt kunlab o'zimga kela olmay yuraman. Go'yoki, ayb ish qilib qo'ygandek.
S.R.: — "forbs" jurnali dunyo biznesmenlarining omad formulasini chop etgan. Unga ko'ra milliarderlar (1) pulni yo'qotishdan, (2) do'stlarga ishonishdan qo'rqmas va (3) turmush o'rtog'ining yaxshiligidan boyib ketishar ekan. Siz nimani ko'shasiz? O.N.: — Eng avvalo, niyat pok bo'lishi. Mening omad formulam oddiy. Ya'ni, men maydonga qadam ko'yganimda zabardast san'at korlar o'z-o'zidan maydondan biroz chetlashib qolgan edi. Va bu holatda mening o'rnimda boshqa^ san'atkor ham tinmasdan ijod qilganida u ham shu mavqega erishgan bo'lar edi. Ammo takdir buni menga ravo ko'rdi. Bu ham omadning bir ko'rinishi. Qolaversa, men san'atga biznes qilaman, degan niyat bilan ham kirmaganman. Fikru xayolimda sahnaga chiqsam-u, . odamlar meni mazza qilib tinglasa, degan o'ydan boshqa narsa yo'q » edi. Qolaversa, san'atning orqasidan katta pul . topish mumkinligi ham xayolimga kelmagan.
S.R.: — Tasavvur qiling, ovozingiz yo'qolib qoldi. Nima qilasiz, biznesmi yoki boshqa kasbkor... O'zi nima- ni uddalay olasiz? O.N.: — Ovozim yo'qolib qolishi men uchun fojia emas. Bu ovoz menga takdirning inoyati. U xohlagan vaqtda yo'qolishi mumkin. Nimani uddalay olishimga to'xtaladigan bo'lsak, savdo qilishga qo'lim anchagina kelishsa kerak. Bolaligimda bu ishning ancha hadisini olgan edim. Shahrixondagi uyimiz bozorga yaqin joylashgan edi. Atrof-muhitning ta'siridanmi bilmadim, maktab uchun beriladigan pullarni yigib, shakar sotib olardim-da, paxta qandu, xo'rozqand yasab sotardim. Xatto, bu ish uchun o'zim asbob yasaganman. Ventilyatorning parragini olib tashlab, ustiga tomat solinadigan katta tunukali qozoncha o'rnatib, qiyomni uning ustidan quyib turardim. Shunda ; sovigan qiyom ikki tarafdan sekin paxta bo'lib oqib tushaverardi. Qara, qanaqa uddaburon bo'lganman (kuladi). Agar san'atda ishim yurishmay qolsa, xo'rozqand qilish ' rosa avj olsa kerak (yana kulgi).
S.R.: — Ota sifatida otangizning qaysi fazilatlarini e'tirof etasiz? O.N.: — Qattiqko'lligini. U kishi bizni juda qattiq tartibga o'rgatgan. Bugun men otamchalik ota bo'lolmayapman. Bolalarimga otam bizga qo'llagan tarbiya usullarini qo'llay olmayapman.
S.R.: — Nazarbekov oilasida uni kim ko'p tinglaydi? O.N.: — (Uzoq o'ylandi...) Kuzatsam, akalarim va opalarimdan birortasi mening qo'shig'imni eshitishmaydi. Doim boshqa san'atkorlarning qo'shiqlarini xirgoyi qilib yurishadi. Shu paytgacha biror marta "mana bu qo'shig'ing yaxshi chiqibdi yoki bo'mapti", degan fikrlarini ham eshitmaganman.
S.R.: — Sizningcha, eng baxtli ayol... O.N.: — Uyi yo'q ayol. Izohlayman: qiz bola tugilganidan voyaga yetgunga qadar ota-onasi qaramog'ida bo'ladi. Undan so'ng umr yo'ldoshi, keyin farzandi uyida yashaydi. Eng baxtli ayolning yashash tarzi mana shu. O'z uyiga ega bo'lgan ayol baxtsiz ayol. Chunki u o'sha holatda yolg'iz bo'ladi. Yolgizlikni hech bir ayolga ravo ko'rmayman!
S.R.: — "Istiqlol"da 15-20 kunlab konsert beryapsiz. Xorijda reytingga ega san'atkorlar 100 minglik konsert saroylarida dasturlarini taqdim etishadi. Balki stadionlarga ko'charsiz...
O.N.: — "Ozod-shou" ko'rsatuvini tashkil etishdan ko'zlangan maqsad ham muxlislar bilan tez-tez diydorlashib turish edi. Konsertlardan voz kechmoqchi edim. Ammo o'ylab qarasam, sahnadan voz kechib bo'lmas ekan. Muxlislar bilan yuzma-yuz kelish va ularning haroratini his qilish, ko'zlaridagi aksni ko'rishning gashti boshqacha. Shuning uchun kelajakda balki konsertlarimiz stadionda bo'lar.
S.R.: — Yurtimizga ko'plab xorij san'atkorlari kelishyapti. Ulardan qaysi birining dasturiga tushdingiz? O.N.: — Birorta konsertga tushmaganman. Xizmatlardan ortolmaganim uchun vaqtim bo'lmagan. Ammo Ibrohim Totlisasning ijodiga bo'lgan xurmatim uchun uning da shu ish bilan shug'ullani konsertiga ikkita chipta xarid qildim. Nasib etsa, maza qilib tomosha qilmoqchiman. Ibrohim Totlisasning har bir harakatidan yoki ijrosidan juda ko'p narsani o'rganish mumkin.
S.R.: — Aytishlaricha, Ibrohim Totlisas biz- ning bastakorlardan bi- riga yaxshi goya uchun katta mikdorda pul to'lashini aytib, uni hamkorlikka taklif qilgan. Siz xam bastakorlarga katta pul to'laysizmi? O.N.: — Bugun yurtimizda mualliflik xuquqi yuz foiz kafolatlangan. Shu tufayli ular men dunyodan o'gib ketganimdan so'ng ham yana necha yilpargacha yaratgan ko'shiqlari uchun pul olishlari mumkin. Qolaversa, kaysi bastakor bilan ishlayotgan bo'lsam, uning ijodida mening xam o'ziga yarasha o'rnim sezilyapti. Ko'shiqlarining ommalashuvi va mashxur bo'lishi tarafdan. O'ylaymanki, bastakorlar bilan hamkorligimizdan hech kim xafa bo'lgani yo'q.
S.R.: — O'zingiz birovga ko'shiq yozib bersangizchiq Katta pul so'raysizmiq Xar holda birinchi raqamli san'atkorsiz... O.N.: — Yo'q. Men pul haqida o'ylamayman. Chunki kasbim bastakorlik emas. Tirikchiligim ham boshqa joydan. Balki qachonlardir sahnani tark etgan paytimda bulishi mumkindir. Ammo xozir emas.
S.R.: — Yana bir qiziq holat. Beshta shoirga g'oya berasiz va ular yozgan she'rdan yoqqanini tanlaysiz. Bu bilan adabiyotda bir xillik yuzaga kelishiga sababchi bo'lib qolmayapsizmi? O.N.: — Bu o'zaro kelishilgan holda bajarilyapti. Qolgan shoirlar xohlasa, yozgan she'rini kitobi uchun qoldirsin, xohlamasa yo'q. Aslida hech qaysi shoir she'rini shunisi qo'shiq bo'lishi shart, deb yozishi kerak emas,. Bunga bastakorlar sababchi bo'ladi. Chunki sher ohangga qay darajada mos tushsagina undan qo'shiq chiqadi. Vatan, ona, muhabbat mavzusida ming- lab yozilgan she'rlar adabiyotda bir xillikni yuzaga keltirgani yuq.
S.R.: - Sizdan manfaatdor insonlar ro'yxatini kisqartirishni boshladingiz? O N - Yaqinlarim hech qachon o'zgarmaidi Qolganlardan esa unisi ketsa, bunisi kelishi Bu yerda ko'paytirish yo kamaytirish, degan narsa yo'q Shunchaki, hamma ishini kanday bajarishi va eplashida. Yeki qancha mablag' olishiida. Boriga shukr qilib biz bilan ishlashda davom etadiganlar bulsa marxamat. U qoladi
S.R.: — Ko'pchilik san'atkorlar o'zini ko'z-ko'z kilishi uchun Vatan xaqida ko'shiq kuylashayotgandek... O.N.: — Vatan obro' olinadigan mavzu emas. Avvalo, Vatan haqida kuylashga munosib bo'lish lozim. Qolaversa, bu mavzudagi ko'shiqlar har yili tug'ilavermaydi. Biror bir ko'shiqnining hayotida bittagina bo'lishi mumkin. Duch kelgan xonanda duch kelgan paytda Vatan haqida ko'shiq aytib, obro' orttirishga urinishi noto'g'ri.
S.R.: — O'zingizning Vatan haqidagi qaysi qo'shig'ingizni ommalashdi, deya olasiz? O.N.: — "Xizmatingda turmasam seni..." ..
S.R.: — Bugun sizning ko'shiqlaringizni deyarli barcha kuylayapti. Siz qaysi san'atkorlarning ko'shig'ini aytishdan uyalmaysizq O.N.: — Yaxshi bo'lsa, barchasinikini. Xatto, sening ham qo'shig'ingni kuylash rejamda bor. Rost, ishon. Bilasanmi, bu loyihani amalga oshirish uchun menga bir nechta san'atkorlarni tavsiya etishdi. Ammo men seni tanladim. Bu ishimiz orqali san'atkorlar bir-birini ko'rolmaydi, ular doim janjal qilib yurishadi, degan fikrlarni yo'qqa chiqaramiz. Sen va boshqa san'atkorlar bilan aka-uka, ahil ishlayotganimizni odamlar bilsin. Mana shunaqa yaxshi kayfiyatni rivojlantira olsakkina. biz haqiqiy yurt o'g'lonlari hisoblangan bo'lamiz.
BAXTIYoR RASULOV
|