O’zingizni qanday kayfiyatda tutasiz? Insoning ruhiy dunyosi, uning tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga qanday munosabatda bo’lishi ham insonning tashqi qiyofasi, salomatligiga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Arzimas narsalarga asabiylashish insonni tez qaritadi, salomatligiga putur yetkazadi. Shunday ekan, hayotga kulib boqishni o’rganing. Quyida e’tiboringizga havola test savollariga javob berib, hayotga qanday kayfiyatda boqishingizni bilib olasiz. 1. O’zingizning qaddu qomatingizdan qoniqasizmi? A) albatta – 5 ball ba’zida – 10 ball C) umuman yo’q – 0 ball 2. O’z chehrangiz o’zingizga yoqadimi? A) ha - 5 ball gohida – 10 ball C) yo’q – 0 ball 3. Jigaringiz yoki yuragingiz bezovta qiladimi? A) vaqti-vaqti bilan – 5 ball tez-tez – 5 ball C) umuman – 0 ball 4. Sport bilan doim shug’ullanasizmi? A) ba’zida – 10 ball tez-tez – 0 ball C) umuman – 0 ball 5. Erta tongdan uyg’onasizmi? A) doimo – 10 ball har doim emas – 0 ball C) men uchun juda qiyin – 5 ball 6. Soch turmagingiz doimo bir xil turadimi? A) ba’zida – 5 ball ha, doimo – 10 ball C) yo’q – 0 ball 7. Qanday uslubda kiyinasiz? A) eng zamonaviy modada – 0 ball qulay – 10 ball C) qaysi biri o’zimga yarashsa – 5 ball 8. Oyoq kiyimining qaysi turini xarid qilasiz? A) baland poshnali – 10 ball past poshnali – 0 ball C) sport uslubida – 5 ball 9. Har doim pardoz qilasizmi? A) ba’zida – 10 ball har doim – 5 ball C) yo’q – 0 ball 10. Vazningiz me’yoridami? A) me’yoridan past – 20 ball o’rtacha – 10 ball C) yuqori me’yorda – 5 ball 11. ozish uchun ko’p harakat qilasizmi? A) gohida – 10 ball yo’q – 20 ball C) ha, tez – tez – 0 ball 12. Doimo og’ir – bosiq bo’lib yurasizmi? A) hech qachon – 0 ball ha – 20 ball C) ba’zida – 10 ball 13. Kayfiyatingiz tez-tez o’zgarib turadimi? A) ha, tez-tez – 0 ball yo’q – 10 ball C) qisqa vaqt davom etadi – 15 ball 14. Sovuqni darhol sezasizmi? A) yo’q, umuman – 10 ball ha, juda tez – 0 ball C) ozroq – 5 ball 15. Sigaret chekasizmi? A) ba’zida, siqilib ketganimda – 15 ball ha – 10 ball C) yo’q – 20 ball 16. Tez-tez kofe ichib tursizmi? A) juda ko’p – 10 ball tez emas – 20 ball C) yo’q, kofe zarar – 5 ball 17. Boshingiz tez og’rib turadimi? A) ha – 10 ball ba’zida – 5 ball C) yo’q – 15 ball 18. Ko’p qavatli zinalarda yurganda charchaysizmi? A) albatta – 0 ball yo’q – 10 ball C) gohida – 5 ball 19. Bir yilda tish shifokoriga necha marta borasiz? A) ikki marta – 10 ball bir marta – 5 ball C) bormayman – 0 ball 20. Sayrga chiqib turasizmi? A) ha – 15 ball ba’zida – 5 ball C) yo’q – 10 ball Javoblar kaliti: 55 ballgacha – kayfiyatingiz unchalik yaxshi emas, biroq o’zingizni yaxshi noshqara olasiz. O’z-o’zingizni shu holatda qo’lga ola bilsangiz, hayotingzi davomida qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Chunki bu sizga hech qanday xavf tug’dirmaydi. 56 dan 156 gacha – siz har doim ham o’zingizni yaxshi his qilavermaysiz. Ichki tuyg’ularingizni yon-atrofingizdagilarga aytmasdan o’zingizning ahvolingizni ancha qiyinlashtirasiz. Maslahatimiz – hayotda o’z obrazingizni yarating. 156 dan 255 gacha – siz o’zingizni ancha yaxshi his qilasiz. Atrofdagilarga hadeganda e’tibor qilavermaysiz. Bo’ladigan voqea – hodisalar haqida o’ylaysiz. Shuning uchun yoshligingizni, sog’lig’ingizni uzoq yillar davomida saqlay olasiz. 256 balldan yuqori – Barakalla! Zo’r! Sizning kayfiyatingiz havas qilgudek darajada. Siz har doim "Sog’ tanda – sog’lom aql” shioriga amal qilasiz. Shu ketishda davom etsangiz, faqat ijobiy natijalarga erishasiz.
|