Ozg'inlik masalasi bilan ötmishda tabiblar ham qiziqishgan.Ming yillar avval Abu Ali ibn Sino oriqlik sabablarini örganib,quyidagilarni yozib qoldirgan. 1.Taomda toza qon paydo qiladigan va semirtiruvchi moddalarning yöqligi hamda suyultiruvchi oziq-ovqatlarni köp iste'mol qilish vaznni kamaytiradi.
2.Hazm qiluvchi a'zolarning zaifligi tufayli quvvat hosil qiladigan moddalar tanaga singmaydi.
3.Jismoniy mehnat qilmaydigan kishilarda harakatning kamligi sabab mötadil oziqlar hazmi yomonlashadi.
4.Ba'zi bir dardlar(masalan,taloqning kattalashuvi va jigarning qisilishi) oqibatida qonning yaxshi aylanmasligi ham quvvatni kamaytiradi.Quvvatsiz tana öziga zarur ozuqani singdirolmaydi va bemor ozib ketadi.
5.Nosog'lom teri issiq yoki sovuq havoda yaxshi chözilmaydi va qattiqlashadi.Teshiklari berkilib,xiltlar tiqilib qoladi,natijada moddalar almashinuvi buziladi,ovqat ichaklarda yaxshi özlashtirilmaydi.
6.Gijja kasalligi ham odamni tezda ozdirib yuboradi.
|