CHORSHANBA, 2025.01.01, 04:52
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Сентябрь » 11 » O'zbekistonda repperlar illatdan kuylamoqda!
11:57
O'zbekistonda repperlar illatdan kuylamoqda!
Shohrux & Shaxriyor bu mavzuni qanday yoritadi..
Shoxrux qo'shiq mavzusi oddiy
odamlar hayotidan tanlanadi deydi

Ayrim musiqashunos mutaxassislarga ko’ra, bugun O’zbekistondagi ijtimoiy hayotni rep qo’shiqchilaridek hech kim yorita olmayapti.

Ijodkorlar “repni qo’pol musiqa deb chetga surishdan avval, ashulaning mazmuniga quloq tuting”, - deydi. Xonandalarning aytishicha ular xalq dardini kuylamoqda.

Ya’ni, mavzular qatorida: “oiladagi xiyonat, jamiyatning hirsga berilishi”, “mehribonlik uyidagi bolalarning orzulari”, “ochko’zlik, xasislik, molu-dunyo ketidan quvish, do’stlik va sotqinlik”, “yoki zar bo’l - yoki zo’r” qabilida ish tutish, “ishsizlik, imkoniyatsizlik, pul topish mashaqqatlari” va hakazo.

Bu muammolar gazeta-jurnal yoki televideniye va radio kanallarda tilga olinmasa-da, rep musiqasi orqali ko’tarilmoqda desak, hayron bo’lmang.

Rep qisqacha “debat”, “qalb isyoni” ma’nosini bildirib bundan 100-150 yil ilgari AQShga Afrikadan qul sifatida olib kelingan qora-tanlilar orasida shakllangan. Qullar o’z turmushidan nolib, yaxshi kunlar oldinda deya, qofiyaviy so’zlarni usulga solib o’zaro munozara qilishardi. Keyinchalik bu so’z o’yini katta bir janrga, musiqa yo’nalishiga aylandi.

Bo'yniga zanjir ilib, keng ishtonda
ashula aytish bilan repper
bo'lib qolmaydi, deydi Shaxriyor
Manba: www.shaxriyor.ucoz.ru

O’zbekistonga rep 1990-yillar boshida kirib kela boshladi, deydi biz bilan suhbatda bo’lgan shoira va qo’shiqchilardan biri.

“O’zbekistonga rep butun dunyoga ko’p tarqagani bilan juda kech kirib keldi. Bu bizani xalq repni tushunmaydi degani emas. Sabab, bizda bu janr to’g’ri yetkazib berila olinmaganligida. 10 yil oldin “Al-Vakil” degan guruh bo’lardi, lekin ularni rep guruhi deb bo’lmaydi, ularda shunga o’xshash sintez bor edi. Bugun repni xalqimiz ommaviy janr sifatida qabul qilmoqda. Chunki biz repni ham o’zbek kuylariga sintez qilib, yangilik qilib, yangi oranjerovka, tahlilda, o’zbek mentalitetiga mos ravishda yozyapmiz”, - deydi shoira.
 
 

Xalq tilida repperlar, ya’ni shu yo’nalishda kuylaydiganlar qo’shiqlariga mavzuni qayerdan oladi? Bu savolga o’smirlarning sevimli repperi Shoxrux shunday javob beradi.

“Ko’p odam bilan gaplashib, har xil narsalar eshitaman, shunga qarab kelib chiqadi. Ular bilan suhbatlashganda ko’pchilik shaxsiy hayotini gapirib beradi. Maslahat so’rashadi, asosan o’zim tengi yoshlar bo’lgani uchun ularning hayotidan kelib chiqaman. “Bolaligim” qo’shig’iga to’xtaladigan bo’lsak, mehribonlik uylariga borib, hayriya ishlarini olib borganmiz. Shunda bolalarni ko’rib, ularga atab qo’shiq qilish niyati paydo bo’ldi. “Xato” ashulasiga keladigan bo’lsak, bor narsa-ku. Hayotda ko’p uchraydi bunaqa holatlar.”

Shoxrux "Xato" klipidan

O’zbekistondagi FM radio ijodkorlaridan biri repning muxlislari asosan 12-18 yosh orasidagilar deydi. So’zlarning oddiy, ko’cha tilida yozilishi esa ularni xalq orasida tezroq tanilishiga olib kelmoqda.

“Balki rep qo’shiq kabi, musiqaviy ohangda kuylanmagani uchun va oddiy gapdan iborat bo’lgani sabab ommaviylashayotgandir. Dangal qilib aytganda, rep - qo’pol yo’nalish hisoblanadi. Balki shuning uchun ham bemalol istalgan mavzularni ko’tarib chiqish mumkindir. Masalan, Shoxruxning 90 foiz qo’shiqlari odamlarga yaqin bo’lgan mavzularda yozilgan. Muxlislari ham faqat o’smirlar emas, katta yoshdagilar tinglayotganining quvohi bo’ldik”, - deydi radio ijodkor.

O’zbekistonda rep maktabi rivojlanmoqda va nima sababdan bu yo’nalishda ijod qiladiganlar ko’paymoqda?

“Yoshlar repni gap qilib aytilishi oson deb bilishadi. Aslida esa juda qiyin yo’nalish bu. Sabab, gapirilayotganda, bitta harf emas, vergulini ham noto’g’ri qo’ysa ma’nosi o’zgarib ketishi mumkin. Ammo o’zini ko’rsatish uchun, mana bunaqa qilsam, unaqa qilsam yulduz bo’laman, deb o’ylaydiganlar bor. Shunaqa maqsad bo’lgani uchun ham, sal ko’rinishadi-yu, darrov g’oyib bo’lishadi”, - deydi ijodkor.

“Bachkana, bema’ni repperlar ko’payib ketvotti. Katta mayka kiyib, bo’yniga zanjir osvolib, keng ishtonda chiqsam repper bo’laman deydiganlar bor, biroq bu yanglish yondashuv”, - deydi yana bir repper Shaxriyor.

Ko’rinishidan G’arbning mashhur repperlarini eslatadigan va muxlislari orasida o’zbek “Snoop Dog”i deya tanilayotgan Shaxriyorga ko’ra, xip-xop – haqiqat ko’zgusi. Biroq aytishda ham aytish bor, deydi u.

“Yoshlar rost gap nimada ekanini biladi. Nima kerakligini his qila oladi. Xip xopning asosi to’g’ri va haqiqatga tayangan so’zlarni yozishga tayanadi. Biz rep qo’shiqlarimizni ko’proq mentailitetimizdan kelib chiqib, sharqona ohang, usul qo’shib muxlislarga taqdim etishga harakat qilyapmiz”, deydi repper.

Demak, rep haqiqatni kuylash ekan, ana shu haqiqat yoshlar tarbiyasiga qanday ta’sir qilyapti? Bachkanalik o’smirlar ongini buzmaydimi? Qo’pollik va mehrsizlikka yetaklamaydimi? Qolaversa, yoshlarni ilm olishga, kasbli bo’lishga undaydigan vositami?

“Rep yo’nalishi hali aytganimday, ruschasiga “derzkiy” yo’nalish”, - deydi radio ijodkorlardan biri. “

“Bu bilan esa bu janr ma’naviyatimizga to’g’ri kelmasligi mumkin. Sabab bizda betga choparlik, qo’pol muomala qilish yo’q. Rep yo’nalishi esa ancha-muncha qo’pollikka yaqin. Lekin rep ijro qilinganida o’sha ijtimoiy mavzulardan, tarbiyaga yetaklovchi omillardan kelib chiqilsa va muxlislarga to’g’ri yetkazilsa, balki tarbiyaviy ahamiyati bo’lishi mumkin. Biroq hozirgi rep tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini ko’rmayapman”, - deydi u.

Shoira nazarida esa, u yozgan qo’shiqlari va har bir matni uchun javob berishga tayyor.

“Mana shunaqa tanqid qiladiganlarning farzandlari o’zi rep eshitadi. Yaqinda davlat radiosida intervyu berganimda, bitta buvijon kelib, “voy mani nevaram shunaqa qo’shiqlarni eshitadi, manga yoqmaydi”, degan edilar. Mazmuniga quloq tutilsa edi, balki boshqacha fikrda bo’lishardi. Man shu paytgacha odamlar me’dasiga tegadigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan rep yozmaganman. Rep men uchun kichik “mini-film” hisoblanadi. Unda qanaqadir katta bir hikoya aytib beriladi. Unda qofiya bormi, yo’qmi farq qilmaydi. Gapirib berilayotgan suhbatning ritmga solingan turidir - rep.”

O’zbekiston radio boshlovchilardan biriga ko’ra esa, rep so’zlari klassik adiblar bisotidan olinsa, ko’proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lardi.

“Deylik, ruboiy, g’azalni oddiy o’qisangiz hech kim eshitmasligi mumkin, y’ani yoshlarni qiziqtirish juda qiyin bugungi zamonda. Ammo o’sha g’azal va klassik matnlarni rep ohangiga solib, trans musiqada, magnit, metal musiqa sadolari ostida bezatilib yoshlarga uzatilsa yomon fikr bo’lmas edi. O’ziga yarasha miks chiqardi. Tarbiyaga qanday ahamiyati bo’lishi mumkin? Yoshlarni hozirgi kunda klassikani eshitishi qiyin bo’lgani tufayli, zamonaviy ruh va sadolarda ularga shu g’azal va tarbiyaviy so’zlari bor ruboiylarni singdirsak, dunyo qarash va ma’naviy olam ham o’zgargan bo’lardi. Bundan ancha-muncha narsa olish mumkin bo’lardi”, - deydi FM radio ijodkori.

Ijodkor va tahlilchilar nazarida qo’pol so’zga boy bo’lsa-da, rep bugungi turmush va jamiyatdagi illatlarni fosh etayotgani ijobiy hol. O’sha so’zlarning to’g’ri qofiya va ma’noli ohangda ommaga yetkazilishi, deydi ular, professionallikdan darak beradi. Shou-biznes deb atalmish katta bozorda esa repga ham, klassikaga ham, estrada qo’shiqlariga ham joy topiladi.

Manba: www.shoxrux.com Oybek Xayitov


Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 1308 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz