YAKSHANBA, 2024.12.29, 12:19
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 3
MEXMON 3
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Сентябрь » 20 » “Oyog’ingni quchib yig’lagim keldi…
07:31
“Oyog’ingni quchib yig’lagim keldi…

"Oyog’ingni quchib yig’lagim keldi…
… yig’lagim keldi…”
Qo’shiq. Tinglayverib yod bo’lib ketgan qo’shiq. Quloqlaringizni berkitib olsangiz ham, quloqlaringizga qavat-qavat parda tortsangiz ham botiningizga shuvillab to’kiladigan qo’shiq. Yuragingizga sirqib kiradi.
"Oyog’ingni quchib yig’lagim keldi-i…
Hali bir satrini tinglaboq g’ashimga tekkandi shu. Yangi eshitgan kezlar juda-juda erish tuyular, me’damga tegib ketgandi.
"Hofiz buni nimasini qo’shiq qipti”-mana bergan bahom…
Kun kelib shu kuyga tushganimda, bor vujudim, borlig’im ko’z yoshga aylanganda, kuydirgi dardimga davo topolmaganimda shunday dermidim.?
-Toliqib qolgandirsiz, mayli, picha dam olaylik.
"Toliqadigan nima ish qilibman, shu aravachani surib yurganim bilan biror joyim uzilib tusharmidi…”
-Nega indamaysiz, hoy, to’xtang deyapman.
"Yo’q, uyga yetguncha to’xtash yo’q. hozir yomg’ir yog’adi.”
-Uff, bo’ldi, siz bilan gaplashmayman, og’zingizga talqon sob olganmisiz…
"Seni aravachadamas, mana shu kaftlarimda ko’tarib yurishni istayman. Sen o’jar esa…”
Xiyla vaqt indamay turdi. Men ham. Yana picha yo’l bosdik. Tuyqus…
-Vuyy, anavini qarang, qarasangiz-chi, obera qoling…- u yon tomonga burilib qo’lini cho’zdi. O’sha tarafga qaradim. Toshyo’lak chekkasida chamanday ochilib turgan gullar: oq, sariq, qizil. Silliq o’rilgan maysa ustida bag’rini ochib turibdi hammasi. Qator tizilgan.
Bu gullarni nomini bilmayman. Ammo tarovati… uh.!
-Vuy-vuy, nima qilyapsiz,-endi gullarga qo’l uzatgandim hamki, u norozi to’ng’illadi.-Qo’ying, xarob qilmang ularni. Shu turishda chiroyli bular…
"Eh, sen ham shu g’unchalarday bag’ri ochilib turganida… xarob bo’lmaganingda…”
-Ha, nega to’xtab qoldik.? Mayli, to’yib tikilib olay.
Zimdan unga nazar solaman. Bu charos ko’zlar shu maftunvash gullarga oshufta, mixlanadi-qo’yadi. Lablari sezilar-sezilmas titraydi. Nimalarnidir pichirlayapti. Qo’llar bir-biriga qovushgan. Yonoqlar… Noxos hozirgina qovushiqli turgan panjalar shu tomon ko’tarildi. Kaftlar yuzlarni bor bo’yicha berkitadi. Bosh xiyol enkayib tushdi. Yelkalar pir-pir uchadi. Ojiz, so’lg’in tovush eshitiladi:
-Bu kunimdan o’lganim yaxshi. Ming marta yaxshi…
Men chaqqonlik bilan uning old tomoniga o’taman. Cho’kkalab olaman. Kaftlari tomon yuguradi qo’llarim:
-Bo’ldi, axir men yoningdaman-ku.? Meni ham ezma, iltimos…
U yoshga liq ko’zlarini menga qadaydi. Ko’zlari sohilidan sirg’alib tushayotgan tomchilar duv etib yonoqlariga yuguradi. Bir so’z demaydi. Yana boshini egib hiqillaydi.
-Bo’ldi, jonim, bo’ldi…
Uyga kirib olganimiz zahot yomg’ir shuvillay ketdi. Boyagina ko’nglimdan o’tuvdi. Osmonning bizga rahmi keldimi, kelgunimizcha sabr qilibdi chog’i.
U yotoqda shiftga termulib yotibdi. Uxlayman, dedi divanga olib borib qo’ydim.
Oshxonada choynak biqirlab qaynayotgan ekan. Qopqog’ining tipirchilashini… ado qildilaring-ku deyayotganday xuddi. Shu-da, choy quyiladi-yu, qaynagach, chetga suriladi. Xuddi ustidan kulgandek.
Men-chi… meni ustimdan kulishmayaptimi.? Uning ustidan-chi.?
Taqdir… kulayapti.
Allamahalda yotoqqa yo’lanaman. Chiroq yoniq.(U qorong’ilikdan qo’rqadi).
Boyaqish. Muncha ko’p yig’lamasa-ya… Hozir ham kipriklarida tomchilar ilinib turibdi. Tushida ham yig’laydi sho’rlik.
Mana… bevafo oyoqlar.
Kaftlarim shu tomon yuzlanadi. Sekin-sekin silayman. Baribir, benaf. Sezmaydi.
Yig’lagim keladi. Oyog’ini quchib yig’lagim…
Yuragimdagi qo’shiq xonani, butun uyni lim-lim to’ldiradi, keyin sirqib tashqariga, olamga yoyiladi.
"Oyog’ingni quchib yig’lagim keldi…
… yig’lagim keldi…”

Категория: SEVGI | Просмотров: 2528 | Добавил: munik77 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz