Daryo tarafdan kelgan pashsha bir chekkada asal
to‘la kosani ko‘rib qoddi. U zavqlanib, jon-dili bilan asalga o‘zini
urdi. Bunday lazzatli taomni shoh ham, gado ham yemagan deb, pashsha
asalni yeyaverdi. Pashsha asalni o‘rtasidan yegan edi, to‘yib qolib,
chetga chiqmoqchi edi, oyog‘i og‘irlashdi. Chiqishga harakat qilgan
sari battar ahvoli og‘irlashar edi.
Biz ham ba’zan ochko‘zlik kilib, chuqurga, chohga
tushib qolamiz. Baqirib-chaqirsak, bizni egamning qahri o‘ldiradi. Agar
haddimizni bilmasak, bizni asalning zahri o‘ddiradi.
Agar birovga bir don - arpa bersak, ikkita qilib
qaytarishni istaymiz. Shirin bo‘y - hidni mol, dunyo ichidan emas,
mol-dunyoning tashqarisidan izlaylik. Bu vodiyda inson bir nafas ham
g‘amdan forig‘ bo‘lmaydi. Bu vodiyda mard o‘zidan o‘zgaga suyanmaydi.
Ey, dunyo moliga oshufta, mahliyo bo‘lgan odam, bular orasida sening
qo‘l-oyog‘ing asalga botganday, holing og‘irlashadi. Bas, bu yozada -
cho‘lda og‘ir yuklaringni kamaytir. Jonu dilingni mol-dunyo zangi —
tashvishlaridan ozod qil. Agar mol-dunyoga sajda qilsang mushrik
bo‘lasan, mushriklarday eng g‘ofil bandalardan bo‘lasan. Faqr yo‘liga
joningni soch va dilingni bag‘ishla. Ana shunda Istig‘no vodiysiga
yetib, har qanday muhtoj-likdan qutulasan.
"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).
|