Главная » 2011»Январь»6 » OYDIN YUSUPOVA: VOY! AYTGANCHA , BU MENI SIRIM EDI!
14:34
OYDIN YUSUPOVA: VOY! AYTGANCHA , BU MENI SIRIM EDI!
"San'atkor orasidagi gaplar.." sahifasining
navbatdagi mehmoni go'zal va betakror san'atkorimiz Oydin Yusupova
Ulug'bek Musoga nimalarni oshkor etganini suhbat davomida bilib olasiz. - Siz bilan yana ko'rishib turganimizdan hursandman. Siz haqingizdagi mish-mishlar shu qadar "bolaladiki"..
- Ha, nimasini aytasiz? Haqiqat yuzaga chiqqanidan hursandman.
- Yaqinda bir tadbirda uchrashib qolganimizda qo'shiq aytayotganingiz va bir qo'shiqqa klip olayotganingizni aytgan edingiz...
- Ha, albatta. Hozir ishlarim ko'payib ketganligi tufayli klip olish
ishlari biroz orqaga surildi. Bundan tashqari klipmeykerim chet el
safariga ketgan. Qaytib kelishi bilan klip olamiz. Voy, aytgancha, bu
meni sirim edi. Klip olayotganimni barchaga syurpriz qilmoqchi edim.
Siz esa bu sirimni bilib oldingiz. - Sevganingiz bormi? Faqat to'g'risini ayting...
- Yo'q. Sevgan insonim yo'q. Lekin sevib qolishni hohlardim.
- Hozirgi hayotingizdan mamnunmisiz?
- Nimaga shama qilayotganligingizni bildim. (O'ylanib) Ha albatta
mamnunman. Vaqt yana orqaga qaytib qolishini istamasdim. Chunki ko'p
yomon ishlar ortda qolib ketdi. - To'g'ri. Kim bilan partnyor bo'lib rol ijro etishni istaysiz?
- Ulug'bek Qodirov bilan. U juda ham kuchli aktyor. U o'zini partnyoriga juda yaxshi yordam beradi.
- Yangi yildan nimalar kutayapsiz?
- Tinchlik. Birinchi navbatda tinchlik, keyin omad, sog'lik va baxt.
Umuman olganda yangi yil men uchun juda yaxshi yil bo'lib kelishini
hohlayman. - Yangi yil tilaklaringiz...
- Yangi yil barchamiz uchun omad, baxt, sog'lik va tinchlik olib
kelsin. Eski yilda barcha ko'ngilsizliklar qolib ketsin. Barchani
2011-yil bilan chin yurakdan tabriklayman. Sizga ham katta rahmat. Siz
bilan suhbatlashib o'zimni ancha yengil his qildim. Yana bir bor yangi
yil barchamizga muborak bo'lsin!