Главная » 2010»Февраль»16 » Oydin Yusupova va Umid Normurodov. Ular o`rtasida nima bor?
07:39
Oydin Yusupova va Umid Normurodov. Ular o`rtasida nima bor?
Oydin Yusupova va Umid Normurodov. Ular o`rtasida nima bor?
Taniqli aktrisa Oydin Yusupova va klipmeyker Umid Normurodov kecha bir tadbirda rasmga olib qo`yishimizni so`rashdi. Bungacha ularning berilib suhbatlashayotganliklarini ko`rgandik va bizda o`sha paytdayoq rasmga olish fikri tug`ilgandi. Endi fotosurat haqida gapiradigan bo`lsak bu ularning istaklariga binoan olindi. Biroq bu rasmni ruxsat olmasdan e'lon qilyapmiz. Chunki biz O`zbekistondagi birinchi paparazzilarmiz-ku! Xullas, Oydin va Umid o`rtasida nima borligini bila olmadik. Masalaga boshqacha yondoshadigan bo`lsak, Oydin turmushga chiqmagan, Umid esa hali uylanmagan. Balki ularning qalbida muhabbat uchqunlari paydo bo`layotgandir? Harqalay, bugun sevishganlar kuni. Ular balki ertaga qayerda uchrashishni maslahatlashishgandir? Harqalay asl haqiqat bizga qorong`u. Ular o`rtasidagi munosabat qanday ekanligini bilmoqchi bo`lsangiz Yuld.uz saytini kuzatib boring!