Oybek va Nigora 2 oy mobaynida reklama qilingan "1234" taronasiga ishlanayotgan klip endilikda muxlislar hukmiga havola qilinmasligi mumkin. Buning sababi klipni maxsus effektlar bilan boyitib berishi kerak bo'lgan B ismli montaj ustasi Oybek va Nigoraning qo'ng'iroqlariga javob ham bermayapti, ish joyidan topib ham bo'lmayapti. Ikki o'rtada Oybek va Nigora o'z muxlislari oldida uyalib qolishlariga to'g'ri kelmoqda. Mana shu sababdan Oybek va Nigora o'z muxlislari oldida uzr so'ragan holda yaqindagina suratga olingan "Sen meni sevasanmi?" taronasining klipini tez kunlarda tortiq etishlarini ma'lum qiladilar.