Oybek va Nigora yangi mustaqil ishni boshladi. Ularning prodyuseri endilikda san'at olamida ko'pchilikka tanish bo'lgan Alisher Majidxo'jayev.
Oybek va Nigoraning yangi press kotibasi Nazokat Asqarxo'jayevaning xabarlariga ko'ra, ular «Akfa-media” kompaniyasidan minnatdor, 5 yillik faoliyat davrida bir qancha yutuqlarga aynan shu kompaniya orqali erishishgan va shartnoma tugagach kompaniya ularga mustaqil xayotga oq yo'l tilagan.
Yangi prodyuser bilan birgalikda ular yangi fotosessiya qilishdi, yangi g'oyalar va xattoki yo'nalishlar ustida ish boshlangan. Bu narsalar ko'pchilikka syurpriz bo'lishi tayin ekanligini aytishmoqda.
Xozirda Oybek va Nigora ilk mustaqil ijod namunasi «Ensam” va "Oxim” nomli taronalarni yozib tugatishgan. 2 kundan so'ng, "Ensam” qo'shig'iga klip suratga olishadi.