Estradamizning ajoyib duetdoshlari Nigoraning doimiy hamrohi Oybek turli ajoyib
kadrlarni tarixga muxirlashga qiziqar ekan. Uning aytishicha bu unga ulkan zavq
bag'ishlaydi. Oybek: Ish yuzasidan turli joylarga boramiz,kansertlarda qatnashamiz,kliplarda
suratga tushamiz.Shunday vaqtlarda Nigoraning,ijodiy jamoamizning qaytarilmas
harakatlarini suratga olishni yoqtiraman. Shu sababli qo'limdagi fotoaparat
doimo men bilan hamroh bo'ladi.
Nigora harid qilishni yoqtiraman
Oybekning hech kimga almashtirmaydigan go'zal,hushchaqchaq duetdoshi Nigora
do'konlarda harid qilishni juda yaxshi ko'rar ekan. Bundan tashqari u
qizlarimiz bilan doimo hamroh bo'ladigan sumkalar koleksiyasini ham to'lar
ekan. Nigora: Agar yigit kishining yonidagi hamrohida sumka bo'lsa unda unga juda
qulay bo'ladi.Negaki u hech narsa ko'tarib yurmaydi.Bizda ham shunday Oybekning
barcha buyumlari mening sumkamdan joy egallaydi. To'g'risi men haridni
yoqtirganim bilan kaleksiyamdagi sumkalarni birortasini ham o'zim sotib
olmaganman.Ularning birini ota-onam ,yana birini opamlar eng chiroylisini
esa albatda Oybek sovg'a qilgan.
Maxsus WWW.SHERLAR.UZ uchunAzizjon Sattorov tayyorladi