Статистика |
XOZIR SAYTDA 21 MEXMON 21 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Сентябрь » 24 » Oxista-oxista yog'adi yomgir
16:08 Oxista-oxista yog'adi yomgir |
Odam dunyoga bir marta keladi!!! Shu bir kalima so'z bilan qancha savob ishlar qilish mumkin. Shu bir kalima so'z pinjida qancha gunoxga botish mumkin. Bu gapni agar qari qiz aytsa, yiglaging keladi. Satang aytsa ensasi qotadi odamning. Qo'y o'sha sevgi pevgingni, ajrashinglar deydi boyvuchcha ona qiziga. Odam dunyoga bir marta keladi. Seni bir xaftada onasi o 'pmagan q izga uylantirib qo 'yaman - ye, deydi takabbur ota o 'gliga. Ajrash. Odam dunyoga bir marta keladi. Nega men sizni sevgilim deb atadim, bilasizmi? Kim uchundir jonimni berishim mumkin bo'lishi uchun!... Odam dunyoga bir marta keladi, do'stim! Xa Azizim, bu gaplar shunchaki gap emas, balki xaqiqatdir, xayotning achchik va shirin tomonlari, o'nkir – cho'nkir yollari bor xayot faqatgina mashshaqatlardan iborat! Mashaqqatning oxiri roxat. Roxatning oxiri yana mashaqqat. Kunning oxiri tun. Tunning esa oxiri yoq. Bir og'iz sovuq so'z bilan diling yana zimiston. Loaqal, bir kungina kechgacha baxtli bo'lib yurgan odamni topib beringchi menga! Siz ming mashaqqat bilan chiqqan cho'qqida kapalak xam bor. Qumursqa xam yashaydi. Sizning bu yutug'ingiz ular uchun oddiy bir turmush tashvishi. Ular kunda - shunday. Men xidlab to'ymagan bedani biya qarsillatib chaynaydi. Yalpizni suv oqizib ketadi. Men ko'zimga surtgan suvda qurbaka cho'miladi. Momoqaldiroq dunyoni boshiga ko'tarib xayqiradi. Yulduzlar qo'rqib qochib qolishadi. Bulutlar yig'lashga tushadi. Yer yuzida kuzikorinlar tugiladi. Xar kanday xayqiriq so'ngida nimadir dunyoga keladi, nimadir dunyodan ketadi. Kulib gul ochiladi – yig'lab shabnam to'kiladi. Daryo toshadi tog' nuraydi. Kelin xo'rsinadi, yanga ermak qiladi................... Mudroq bosgan dilim Aytaman bir sir Tangri uyquni - da Pallada tortar Uyqu xam Nasiyaga berilgan umr Uyqing ortgan sayin Qarzing xam ortar Mashaqqatga, ta'qiblarga to'la uzundan - uzoq, adoqsiz yollar xar bir insonni manziliga - taqdiri azalga eltadi. Men xam o'zimni taqdirga ishontirib bo'lganman. Taqdir kutilmaydi, unga qasdma - qasd boriladi. Men shunday qilamanki, siz toleim bulib qolasiz, ya'ni yo mangu xijron, yo mangu visol. Armon bilan ayriliqni esa tan olmayman. Negaki xijronda armon, visolda ayriliq bo'lmaydi men uchun. Iloxiy rux, tanadagi dard xamda o'y - xayolot tiriklik belgisi. Tirikman. Yashayapman. Lekin nega! Nima uchun? Kim uchun? kabi telba savollarimga jo'yali javob topolmay qiynalaman. Uni yurakdan orzikib kutaman, unga yetishmoq istayman butun vujudim bilan. Muhabbat bilan vidolashmoq, qaygu bilan chiqishmoq, armon bilan xamdam bo'lmok va yana xar damda urib turmoq – og'irlik qilmasmikan mushtdek yurakka? Muhabbat - bu shirin, asta - sekin ta'sir etuvchi zaxar. U avvaliga o'z shirinligi bilan qalbingni rom etadi, so'ng bora - bora vujudgingni so'ldiradi, o'z vaqtida chorasini ko'rmasang o'lasan. Xa do'stim muhabbat shirin va shu bilan birga eng azobli sinovdir. Oxista-oxista yog'adi yomgir Oxista-oxista ko'zgalar shamol Oxista-oxista yumshoq nur sochar Bulutlar qa'ridan ko'ringan xilol Oxista-oxista bir qiz yig'lar Kabutar patidanda mayin dardlari Tun tirik. Yaxshilab tinglab k o' rsangiz Eshitilar uning yurak zarblari Ne nozik tuyg'ular ichida qoldik Sevgilim gapirma, o'ltirgin tinib Go'yo dunyo go'dak qalbidan nozik Go'yo entiksang xam ketadi sinib.
BioHazarD
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1744 |
Добавил: BioHazarD
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|