PAYSHANBA, 2025.12.11, 14:43
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 15
MEXMON 15
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 12 » "Otaning tavbasi"
22:43
"Otaning tavbasi"
          
         “Otaning tavbasi “

   


      “ Quloq sol, o’g’lim! Men bu gaplarni sen uxlab yotgan chog’ingda gapiryapman. Qo’lchalaring yonog’ing ostida turibdi, ipakday mayin sochlaring terlagan peshonangga yopishib qolibdi. Men xonangda yolg’iz o’zimman. Bir necha daqiqa oldin, kutubxonada mutolaa qilib o’tirganimda o’kinchning vazmin to’lqini meni g’arq qildi. Karavotchang oldida o’z ayblarimni anglagan holda keldim.


      O’g’lim, mana nimalar haqida o’yladim: men senga o’zimning yomon kayfiyatimni o’tkazdim. Maktabga ketish uchun kiyinayotib yuzingni ho’l sochiq bilan artganing uchun urishdim. Poyafzlingni tozalamaganing uchun yana dakki berdim. Kiyimlaringdan birini polga tashlaganingda jahl bilan qichqirdim.


      Nonushta ustida ham yana senga tirg’aldim: “ Choyni to’kibyubording.” “ Ovqatni ochko’zlik bilan yeding” “ Tirsagingni stolga qo’yib o’tirding.” “ Nonga sariyog’ni qalin surtding…”


      Keyin sen o’ynagani chiqib ketayotib, ortingga o’girilding-da, “ hayr, dadajon” deb qo’lingni silkitding, men esa poezdga, shoshilayotgan edim, qovog’imni uyub, “yelkangni to’g’rila!” deb javob qaytardim.


      Keyin, kun yakunida hammasi yana boshdan boshlandi. Yo’ldan uyga borayotib tizzalab o’tirgancha shashka o’ynayotganingni ko’rib qoldim. Paypoqlaring yirtiq edi. Men seni oldimga tushib uyga ketishga majburlab, o’rtoqlaring oldida mulzam qildim. “ Paypoq qimmat turadi, agar sen uni o’z pulingga sotib olganingda avaylagan bo’larding!” O’g’lim, tasavvur qilgin-a, buni senga otang aytayapti !


      Esingdami, keyin sen men gazeta o’qib o’tirgan kutubxonaga  ko’zlaringda mung bilan kirib kelding? Halaqit berganing uchun jahlim chiqib, gazeta ustidan senga ko’z tashlar ekanman, eshik oldida jur’atsizlanib to’xtab qolding. “ Nima kerak senga ?”- keskin so’radim.


      Sen javob bermading , biroq otilib kelib, menga tashlanding va bo’ynimdan quchib – o’pa boshlading. Qo’llaring hudo qalbingga slogan va hatto mening  sovuq  munosabatlarim ham o’chirolmagan  mehr bilan mahkam quchardi. So’ngra zinalardan oyog’ing uchida yurib yuqoriga chiqib ketding.


     Shundan keyin, o’g’lim, gazeta qo’limdan tushib ketdi va meni dahshatli, ko’ngilni ozdiruvchi qo’rquv egallab oldi. Odatlarim meni ne ahvolga solib qo’ydi? Tirg’alish, adabni berish odati – sening murg’ak bolaliging uchun bergan mukofotim shu bo’ldi. Seni yaxshi ko’rmayman deb aytishim mumkin emas. Hamma gap shundaki, men yoshlikdan ko’p narsa talab qilar va senga o’z yoshim o’lchovi bilan o’lchar ekanman.


     Sening xulq – atvoringda esa zo’r, ajoyib, samimiy xislatlar shu qadar ko’p. Sening mushtchadekkina  yuraging shu qadar kattaki, uzoq tepaliklar ortida otayotgan tongga o’xshaydi. Bu sen uxlashga kirib ketayotib, meni o’pib xayrli tun tilash uchun quchog’imga otilganingda namoyon bo’ldi. Bugun hech narsa bu qadar katta ahamiyat kasb etmadi, o’g’lim. Men qorong’ida karovoting yoniga keldim va uyalganimcha qarshingda tiz cho’kdim!


     Bu zaif tazarru. Men bilaman, uyg’onganingdan keyin aytsam, bu gaplarga sen tushunmasliging mumkin Ammo men ertaga haqiqiy ota bo’laman! Men sen bilan do’stlashaman, qiynalganingda qiynalaman, kulganingda kulaman. Jahldor so’zlar aytishga chog’langan tilimni tishlab olaman. “Axir г bola-ku!” degan jumlani kalimaday hamisha takrorlayman. 


 


 


          


Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 977 | Добавил: shohruxxon | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz