Men eng yaqin o'rtog'im ''SARDOR'' bilan bo'lgan voqiyani etib bermoqchiman bu voqiyadan o'zilarga kerakli hulosani chiqarib olarsizlar.
''Sardor''ni uyidagilari uylantirmoqchi bo'lishdi. Oyisi unga qiz topganini, payshanba kuni u bilan uchrashi kerak ekanini etdi. Men ''Sardor'' bilan birga chiqadigan bo'ldim. Qizni ismi ''CHaros'' ekan. Uchrashuvga chiqdik qiz juda chiroyli edi. Men ularni yolg'iz qoldirib ''CHaros''ni dugonasi bilan ketdim. Bir soat ladan keyin qaytsam ular yo'q edi. Hayron bo'ldim tezda ''Sardor'' ni qo'l telfoniga qo'ng'roq qildim. Qayerdasan desam uydaman tez kel gap bor dedi. Borsam uyida g'amgin o'tiribdi. Ha tinchlikmi nima bo'ldi, nega ketib qolding dedim u: O'tir senga bitta narsani etaman dedi. Xullas men ''ZIYODA'' degan qiz bilan telfonda gaplashaman lekin o'zini kormaganman biz 6 oydan beri gaplashamiz. Lekin men ismimni o'zgartrib ''OTABEK'' deganman. Bir birimizga so'z berganmiz hiyonat qilmaymiz deb. Men ''Charos'' ga uylanolmasligimni etdim dedi. Menxam mayli o'zing bilasan deb uyga ketdim. ''CHaros'' ni boshqa bolaga unashtrib qo'yishgandan keyin ikki kun o'tib ''Sardor'' yonimga kelib: o'rtoq hamasini dabdala qilibman o'zim. Telfonda gaplashib yuradigan qizim o'sha ''CHaros'' ekan. Menga ismini o'zgartrib ''ZIYODA'' deb etibdi telfonda. Kecha ''ZIYODA'' bilan uchrashuvga chiqishim kerak edi. Chiqdim ''ZIYODA'' etgan joyga borsam ''CHaros'' turibdi. Oldiga borib: yana uchrashdik qarang kimni kutyapsiz dedim. ''Otabek'' ni dedi. Ichimdan bir narsa uzulgandek bo'ldi.... Shu telefonda isimlarini o'zgartrib bir birini aldash qanday oqibatga ob keldi qaranglar. Hulosani o'zinglar chiqaringlar! ''Otabek''lar va ''Ziyoda'' lar.