Bog`lar yurti azim qishoq – Paymartim, Teraklari tog`lar bilan bo`ylashgan, Toza havo, zilol suv olar dardim, Deya qishloq odamlari so`ylashgan. Odamiylik ular uchun zo`r ziynat, Mehmoniga to`shar hatto jonini. Shirin kalom tushmas hatto lafzidan, Doim asrar ota yurtning sha`nini. Bir-biridan yordamini ayamas, Mehnat bilan halol luqma oshaydi, Xech birisi boshqasidan kam emas, Bu qishloqda tanti o`zbek yashaydi. Shermuhammad Bosim