CHORSHANBA, 2025.01.01, 04:04
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Сентябрь » 14 » Ota - Ona va Farzand....
09:41
Ota - Ona va Farzand....
Ba’zi ota-onalar farzandlarining bo‘yi yetgach, o‘g‘il bo‘lsa, tezroq uylantirish, qiz bo‘lsa, tezroq kuyovga uzatishga oshiqib qoladilar. To‘g‘ri, farzandlar to‘yini ko‘rishdek baxtli onlarga tezroq yetishni har bir inson istaydi. Lekin farzandlar kamoli deganda, faqatgina ularning to‘yini ko‘rish tushunilmaydi-ku!
Xo‘sh, o‘n sakkiz-yigirma yosh chamasidagi yigit yoki qiz oilaviy hayotga, ro‘zg‘or tebratishga tayyormi?
Balki ikki yosh yoki ulardan biri oilaviy turmush degani faqat xush onlardan iborat emasligini, turmushning mushtlari, ya’ni o‘ziga yarasha sinovlari borligini, bu sinovlardan o‘tishda yoshlikka xos qaynoqlik emas, sobitlik va bardosh-matonat kerakligini hali anglab ulgurmagandir. Axir oilaviy hayot uchun ham jismonan, ham ruhan yetilish jarayoni har kimda har xil kechadi. Bunda yosh yigit-qizning jismoniy imkoniyatlari, nasliy moyilligi, qolaversa, u tarbiya topgan oila muhiti alohida o‘rin tutadi. Albatta, ota-ona o‘z farzandiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, lekin… Afsuski, boshiga tushsa ko‘nikadi, degan xomxayol bilan hali ona suti og‘zidan ketmagan yosh yigit-qiz gardaniga oila mas’uliyatini yuklash har doim ham o‘zini oqlayotgani yo‘q.
… Bir ota-ona qarz-havola qilib, o‘g‘lini uylantirdi. To‘ydan bir oy o‘tmay biron kasb-hunari bo‘lmagan kuyov ishga yollanib, uzoq yurtga ravona bo‘ldi. Hali mehnatda chiniqmagan yigit u yoqdan mo‘may pul topib kelish o‘rniga kasallikka chalinib qaytdi. Endi u yangi oilasini mustahkamlasinmi yoki sog‘ligini tiklasinmi? Bir tomonda hali biror kasb-hunar ko‘chasidan o‘tmagan kelinchak to‘rt devor ichida chor-atrofga nochor boqadi. Qaynona-qaynota qistovi bilan bozorga chiqib ko‘rdi. Bozorning o‘ziga yarasha ozorlariga ikki oy ham chiday olmadi. Kechagina o‘rta maktabni tugatgan qizgina nozik yelkalarida ro‘zg‘orning zalvorli yukini ko‘tara olmay, bosh egib turaverdi. Shunday qilib, ota-onalarining orzu-havaslari yo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylangan ikki yosh turmush qurishga shoshganlarini tushunib yetdilar. Yaqindagina tantanali ravishda ularni nikohdan o‘tkazgan FHDYo bo‘limi xodimlari ajrimni rasmiylashtirdilar. Ikki yosh taqdiriga har qanday kishining ichi achiydi, lekin nachora!..Boshqa misol: xuddi yuqoridagidek kasbu kor egallamay turmush qurgan ikki yosh bir yil o‘tar-o‘tmas farzand ko‘rib, ota-ona bo‘lishdi. Yosh kelin-kuyovning xarajatini ko‘tarib kelayotgan ota-onaning ham quvonchi, ham tashvishi ortdi. Yana bir muammo: kuyovning uylanadigan, turmushga chiqadigan uka-singillari bo‘lsa-chi? Endi yosh oila oldida uy-joy masalasi ham ko‘ndalang bo‘ladi!..
Bunday muammolar girdobida qolgan qanchalab yosh oilalarning poydevori mustahkamlanish o‘rniga nurab, ajralish holatlari yuz bermoqda. Axir hali hayotning past-balandini ko‘rmagan, kasb-hunar o‘rganib, bir joyda ishlab qo‘nim topmagan yoshlar oilani qanday boshqarsin?
Ayrim ota-onalar qizlarini 14-15 yoshda «fotiha» qilib qo‘ymoqdalar. Go‘yo shu yoshda taqdirini birov bilan bog‘lab qo‘ymasa, egasi topilmas emish. Buning oqibatida qizning xayoli buziladi: yoshiga nomunosib tarzda fikrlay boshlaydi, kiyinishga, pardoz-andozga ruju qo‘yadi. Unashtirilgan yigit ham hayotni faqat shirin damlardan iborat, deb o‘ylab, uchrashuvlarga oshiqadi, fikru xayoli bo‘lajak to‘yda bo‘lib qoladi. Kasb-kor o‘rganish, bilim olish unga ortiqcha tashvishdek tuyuladi. Hunarsiz, bilimsiz yosh qanday qilib o‘z fikriga ega bo‘lsin? U har qanday muammoni ota-onasi hal qilishiga ko‘nikib qolgan-ku. Bunday holatlar ikki yoshning keyingi taqdiriga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani esa yuqoridagi kabi, oz bo‘lsa-da, hayotimizda uchrab turgan xunuk holatlarda namoyon bo‘lmoqda. Lekin ming afsuski, bunday hayotiy saboqlar ham ayrim ota-onalarni hushyor torttirmayapti.
Zero, ota-onalarning farzandlari taqdiriga mas’ulligi nafaqat yoshlar, ularning oilasi baxtiga, balki jamiyatimiz ravnaqiga, taraqqiyotiga daxldor masaladir. Demak, bu mavzu har bir zamondoshimizni, jumladan, mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni mulohaza yuritishga chorlashi, o‘ylantirishi aniq.

Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 2306 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz