SESHANBA, 2025.01.07, 14:54
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 2 » OTA-ONA HURMATINI JOYIGA QO’YISH, ULARNI E’ZOZLASH
15:35
OTA-ONA HURMATINI JOYIGA QO’YISH, ULARNI E’ZOZLASH
OTA-ONA HURMATINI JOYIGA QO’YISH, ULARNI E’ZOZLASH

Ota- ona hurmatini joyiga qo’yish, ularni e’zozlash Islom dinimizning negizlaridan birini tashkil qiladi. Bu Qur’oni Karimning bir necha o’rinlarida va hadisi shariflarda belgilab qo’yilgan.
“Rabbing mendan boshqaga bandalik qilmangiz va ota- onaga ezgulik qilingiz, deb amr etdi: ulardan birlari yoki ikkovlari ham sening ko’z -o’ngingda qarilik yoshiga yetishgach, ularga “uf...” dema, ularni jerkima, ularga shirin so’zli bo’l! Ular (poyiga) ga mehr-muruvvat (tuyg’usi)dan iborat xokisorlik qanoti ostiga ol va ey rabbim, ular meni yoshligimda tarbiya etkanlari kabi ularga rahm- shavqat ko’rsat, deb iltijo qilgin!” (Al-Isro surasi, 23-24 oyatlar)

Abdulloh ibn Mas’ud r.a.dan rivoyat qilinadi, u kishi dedilar,“Men rasululloh s.a.v.dan qaysi ish Alloh taologa ko’proq yoqadi? , deb so’radim? Shunda u zot o’z vaqtida o’qilgan namoz , dedilar. Shunda men keyinchi, dedim. Ota- onaga ezgulik qilish, dedilar. Men yana keyinchi, deb so’radim. Alloh yo’lida jihod, deb javob berdilar.” (Imom al- Buxoriy rivoyati)

Abdulloh ibn Amr r.a.dan rivoyat qilinadi, payg’ambarimiz s.a.v.:“Kishi ota- onasini haqorat qilishi gunohi azimdir, dedilar. Shunda (sahobalar) : Ey Allohning rasuli, odam ota- onasini ham haqorat qilishi mumkinmi? deyishdi. U zot albatta, bir kishi boshqa bir kishini otasidan suksa, o’zining otasini sukkandek, onasidan suksa, o’z onasini sukkandek bo’ladi, dedilar.” (Imom Muslim rivoyati)

Amr ibn al- Os r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar:“Ota rizosi - xudo rizosi, ota g’azabi – xudo g’azabi.” (Imom at- Termiziy rivoyati)

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.ning huzurlariga bir kishi kelib “Ey Allohning rasuli, odamlar orasida yaxshi munosabatda bo’lishimga birinchi bo’lib eng haqli odam kim? deb so’radi: U zot onang dedilar. U keyinchi, dedi. U zot yana onang, deb javob berdilar. U yana keyinchi, dedi. Yana onang, deb javob berdilar. U undan keyinchi, deb so’radi. Shunda u zot otang, deb javob berdilar.” (Imom al- Buxoruy va Imom Muslim ruvoyati)

Amr ibn al-Os r.a.dan rivoyat qilinadi, “Bir kishi rasululloh s.a.v. oldilariga kelib jihodga chiqishga izn so’radi. Shunda u zot ota- onang hayotmilar? , deb so’radilar. U ha, dedi. U zot unda o’shalarning xizmatini qil, dedilar.”(Imom al-Buxoriy va boshqa muhaddislar rivoyati)

Rasululloh s.a.v.dedilar: “Eng katta gunoh to’g’risida xabar beraymi? Bular – Alloh taologa shirk keltirish va ota- onaning oq qilishidir.” (Imom al- Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)

Rasululloh s.a.v.dedilar: “Uch toifa kishiga qiyomat kuni Alloh taolo qiyo boqmas: ota- onasi oq qilganlar, ichkilikka ruju qo’yganlar va berganini minnat qiluvchilar.” (Imom an- Nasoiy rivoyati)

Rasululloh s.a.v.dedilar: “Ota- onasi oq qilganlarga Allohning la’nati bo’lsin!” (Al- Hokim an- Naysoburiy rivoyati)

Abu ad- Dardo r.a.dan rivoyat qilinadi, u kishi bunday dedilar, men rasululloh s.a.v.ning mana bunday deganlarini eshitganman: “Ota – (bamisoli) jannatning o’rta eshigi: xohlasang uni qo’ldan chiqaz, xohlasang uni mahkam ushla!”(Imom at- Termiziy rivoyati)

Amr ibn Murra al- Juhaniy r.a.dan rivoyat qilinadi, bir kishi rasululloh s.a.v. huzurlariga kelib: “Ey Allohning rasuli, Alloh taolodan o’zga iloh yo’q ekanligi va siz Allohning payg’ambari ekanligingizga guvohlik berib besh vaqt namozimni o’qisam, moli dunyoyimning zakotini bersam va Ramazon oyi ro’zasini tutsam, bo’ldimi?, dedi. Shunda u zot s.a.v. kimni ota- onasi oq qilmagan bo’lsa, mazko’r aytilgan ishlarni qilib dunyodan o’tsa erta qiyomat kuni payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan mana bu daraja yaqin bo’ladi, deb ikki barmoqlarini birlashtirib ko’rsatdilar.” (Imom Ahmad va Imom at- Tabaroniy rivoyatlari)

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar: “Uch toifa kishining qilgan iltijosi (qarg’ishi) beshak qabuldir: nohaqlik ko’rgan kishining, musofirning va otaning o’z farzandini qarg’ashi.” (Imom at- Termiziy rivoyati)

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasululloh s.a.v.dedilar: “Ota- onaga oq bo’lishdan boshqa barcha gunohlarni- Alloh taolo o’zi xohlaganining jazosini qiyomat kuniga olib qolishi mumkin. Lekin bu gunohning jazosini kishi o’lmasdan oldin, hayotlik chog’ida berib qo’yadi.” (Imom an- Naysoburiy rivoyati)

Muoviya ibn Johima r.a.dan rivoyat qilinadi, Johima r.a. kelib: “Ey Allohning rasuli, jangda ishtirok etishni xohlayman. (Bu borada) siz bilan maslahat qilish uchun keldim, dedi. Shunda rasululloh s.a.v. onang hayotmilar, dedilar. U ha, dedi. U zot (unda borib) xizmatlarini qilgin. Zero jannat- uning oyoglari ostidadir, dedilar.” (Imom an- Nasoiy rivoyati)

Asmo binti Abu Bakr r.a.dan rivoyat qilinadi, u shunday xabar qiladi: “Menikiga mushrik onam (mehmon bo’lib) keldilar, shunda men rasululloh s.a.v.dan oldimga onam kelgandilar, u kishi bilan muomala qilsam bo’ladimi?, deb so’radim. U zot ha albatta, muomala qilaver, deb javob berdilar”. (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va Imom Abu Dovud rivoyatlari)

Oyisha r.a.dan rivoyat qilinadi: “(Bir kuni) rasululloh s.a.v. huzurlariga bir kishi yonida bir qariya bilan kirib keldi. Shunda rasululloh s.a.v. ey falonchi, yoningdagi kishi kim bo’ladi, deb so’radilar. U otam bo’ladilar, dedi. Shunda u zot unda u kishidan oldinda yurma, undan oldin o’tirma, uni oti bilan chaqirma va uni haqorat qilma!, dedilar.”(Imom at-Tabaroniy rivoyati)


Категория: ISLOM | Просмотров: 1097 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz