Orif To'xtosh - Rivoyat
Bu dunyo g'alat bir imorat ekan,
Barchasi jumboqdan iborat ekan,
Umrki bir daryo boradi oqib,
Bugunni tiklaymiz kechaga boqib.
Demak tarix bizga beradi saboq,
Xikmat izlar bo'lsang o'tmishingga boq,
Endi biroz moziyga qaytib,
Sizga bir xikmatni berayin aytib.
Kim biladi deysiz balki rivoyat,
Xullas uchta erkak qilmish jinoyat,
Azmu gunoxlari xar qalay og'ir,
Qozi o'z xukmini o'qibti oxir.
Kechirib bo'lmaydi gunoxlaringni,
O'limga xukm etmoq kerak baringni,
Chunki jinoyatga til biriktirib,
Necha bir insonga berdinglar firib.
Qay kingni kiming bor so'yla birma bir,
Bu qilmishlaringni bilmasmu axir,
Xotinim bor der biri tomoq qirib,
Mening opam bor der yana biri.
Xech kiming yo'qmi so'ylasangchi xo'y,
Yigit ko'zyoshini to'xtatolmay dedi,
Taqsir mening onajonim bor,
Afsus bu qilmishlarimdan emas xabardor.
Bu so'zlarni tinglab buyurdi qozi,
Bo'lishga maxkumsiz xukmimdan rozi,
Xar biring ortingda bir mushtipar jon,
O'lim oldi mayli beraylik imkon.
Chorlang yetib kelsin o'sha uch ayol,
Bizning xukmimizni kuzatsin xalol,
Bo'lsa xam onajon bo'lsa xam dildor,
Ulgursin bu axir eng so'nggi diydor.
Choparlar xar tomon chopib yeldilar,
Birgina ayolni topib keldilar,
Bu xolni kuzatib qozi xam xayron,
Qarshisida turar mushtipar nodon.
Qozi dedi: yaqiningiz kim,
Ayol yig'lar deyolmay lol mim,
Oxir ko'z yoshlarini artib dedi u,
Qozi janoblari bu qanday qayg'u.
Xukmingiz eshitib tanamda jon yo'q,
Bilaman jinoyatchiga xech on omon yo'q,
Bularning biriga xotin biriga opaman,
Va yana biriga onaman.
Ular o'lsa men xam o'lim topaman,
Bu so'zlarni tinglab xayratdan qozi,
So'z boshladi:
Naxot xammasiga yaqin bir ayol.
Ayolning so'zlari bo'lmasa yolg'on,
Unga beraylik birgina imkon,
Onaxon shoshmasdan fikrni jamlang,
Uch tutqun ichidan birini tanlang.
Siz tanlagan kishi o'limdan ozod,
Afsus xammasiga berilmas imdod,
Onaxon o'ksinib xo'rsinib dedi:
Barining aybidan o'tsangiz edi.
Afsus siz bunga yo'l qo'yolmaysiz,
Ox bolam, ox ukam, ox begim essiz,
Bu dunyo azaldan azaldan bir kam,
Mayli omon qolsin birgina ukam.
Yana kutilmagan xolat yuz berdi,
Ona farzandi qolib ukasin derdi,
Yoqa ushlab qoldi guvox bo'lganlar,
Xattoki uchchala gunox qilganlar.
Qozi dedi: xato qildingizov shoshib qolgandan,
Ne naf bordir qirq yoshdan oshib qolgandan,
Axir bunda xali chimildiqqa kirib ulgurmagan,
Xali yigirma yoshni ko'rmagan.
Farzandingiz turibti jovdirab qaxshab,
Qaror qilsangizchi onaga o'xshab,
Bu so'zlar yuragiga ko'p og'ir botdi,
O'ylab xam o'tirmay ona so'z qotdi.
To'g'ri ona uchun farzand muximdir,
Ov bilsangiz xozir bag'rim butundir,
Kelar bolamnimas jonim ol degim,
Barini birdayin qizg'onar edim.
Savolingizga shu mening sharxim,
Otam xam onam xam bo'lishgan marxum,
Er xam topilar tegaman desam,
Xali xudo bersa ko'rarman farzand.
Men yolg'iz ukamga yolg'iz opaman,
U o'lsa jigarim qaydan topaman,
So'zlar xammani xayratga soldi,
Muruvvat axlini g'ayratga soldi.
Ayolni zexniyu dono so'zlari,
Ochdi xaloyiqni mexr ko'zlarin,
Qozining qalbida shavqat uyg'ondi,
Dillarda muhabbat quyoshi yondi.
Tavba tazarrukka navbat yetildi,
Uch tutqun o'limdan ozod etildi,
Qissadan xissa shu bo'lmagay g'urbat,
Dillarimizda yashasa mexr muhabbat.