Yaqinda, oqibat uchun haykal qo'yishsa hayron bo'lmang, degan edi
bir do'stim. Hammamiz hayot davomida har kuni turli odamlar bilan
suxbatlashamiz, ko'rishamiz. Gohida yonimizda yaqinimiz yo'qligidan
norozi bo'lamiz. Nega? degan savol atrofida o'ralashamiz...
Biz birovga mehr bermasak, qanday qilib mehr kutishimiz kerak?! Bir
mayizni 40 ta odam bo'lishib yeganda, o'zimni qornim degan fikrni olg'a
suramiz gohida. Kimdir qiynalayotganini ko'rsak, kamdan-kam holatda
vijdon qiynalib yordam beramiz. Ko'pincha menga nima, tinch qulog'im
deb o'tib ketamiz. Ertaga o'zimiz shunday qiyin ahvolga tushganimizda
esa nega hechkimim yo'q deymiz... Chunki biz kimgadir yaqin bo'lib,
oqibat ko'rsatolmaganmiz-da... O'ylab ko'ring, siz bugun kimga
yaxshilik qildingiz? O'zingizni emas o'zgani o'ylab jon
kuyuktirdingizmi? Bu savollarni har kuni o'zingizga bersangiz foydadan
xoli bo'lmaydi. Siz birovga yaxshilik qilsangiz undan yoki boshqasidan
qaytadi, ana shunda qalbingiz rohatini sezasiz. Atrofingizdagi
insonlarga befarq bo'lmang, ular sizning mehringizga intizor... Siz
nima deb o'ylaysiz?