Joriy yilning 29 iyun kuni avtohalokatga uchragan "Bojalar" guruhi butun o'zbek shou-biznes olamini larzaga soldi,-deb to'la ayta olamiz. Hali-haligacha avtohalokat haqidagi turli gap-so'zlar odamlar orasida aylanib yuribdi...
Barchasiga chek qo'yish maqsadida Jahongir Poziljonov tez orada portali uchun intervyu berishni rejalashtirib qo'ygani haqida guruh ma'muri Javlon Shodmonov xabar berdi. Demak, siz ham bevosita o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni info@mail.ru elektron manziliga "Jahongir Poziljonovga savol!" nomi ostida yo'llashingiz mumkin.