Onasining butalog'i Juma namozi edi. Farz namoziga turishdan oldin bir otaxonning o'ng tarafida bo'sh joy qoldi. Otaxon orqada turgan 14-15 yoshli o'spiringa qarab: - O'g'lim, safni to'ldir. Mana bu yerga kel,-dedi. Yigitcha tortinish bilan: - Amaki, men shu yerda namoz o'qisam,-dedi tutilib. - U yerga boshqa birortasi o'tirar... Qariya o'spirinning oyoqlari tagiga to'shalgan uzun patli gilamni ko'rsatib: - U yerni yumshaqroq deya kelmayapsan shekilli,-dedi. Keyin bir oz kinoya bilan ko'shib qo'ydi: - E, onasining butalog'i... Namoz o'qib bo'lgandan keyin namozxonlar bir-birlariga salom bera boshladilar. Yigitcha otaxonning qo'llaridan tutib muborak juma bilan qutladi. Qariya ham aytgan gapidan pushaymon bo'lib kechirim so'radi. Yigitchaning nurli yuzlarini silar ekan: - O'g'lim, onasining butalog'i deganim uchun meni kechir. Jahil chiqsa aql ketadi, deganlari shu-da,-dedi. Yigitchaning ko'zlari bu so'zlardan yoshga to'ldi. Boshini egib javob berdi: - Siz to'g'ri aytdingiz, otaxon. O'sha gilamning ustida namoz o'qishni itaganimning boisi, onam vafot qilganlarida tobutlariga shu gilamni solishgandi. U yerda namoz o'qib sajdaga bosh qoyganimda, go'yo onajonimning quchoqlariga kirganday bo'laman...
|