Onajonim mushtiparginam,mehribonim,yuragimning yupanchig’i ko’nglim ardog’i sizni juda sog’indim,,, sizni mahzun nigohingiz tinimsiz ko’z oldimda gavdalanveradi . Sog’inch hissi yuregimga tinchlik bermaydi,tanasi boru lekin ruhi yo’q insondekman. sizni har bir gapiz men uchun yashashga kuch berardi. Qani endi bir dam bag’ringizga boshimni qo’ysamu barcha narslarni unutsam ehh.. Siz meni hayotimdan ham ulug’roq ta’rifi yetmas ulug’ insonimsiz, shu kunlarda sizni qanchalik mushtoqligimni bilsangiz edi hatto tasavvur ham qilolmisiz... Qani endi... sog’inchdan qanot yoysamu oldingizga parvoz qilsam, Qani endi... sizni oldingizga ohista qo’nsamu sog’inchlarda qolgan qalbim bir umrga taskin topsa, mehrga qonsa... Ovropani sovuq tunida, Sizni qo'msab yig'ladim Ona. Begona yurt sovuq qo'ynida Suratingiz bo'ldi parvona. Onajonim, sizni keladi ko'rgim, Sizni chaqiraman alahlab tushda. Bag'ringiz hidiga keladi to'ygim, Uchib borolsaydim bir zumda qushdek. Qush qanotlarini menga bersaydi, Olis Toshkentimga uchib ketardim. Barcha tushlarimchi o'ngidan kelsa, Ettinchi osmonga bahtdan yetardim. Sizni ko'p o'ylayman sovuq tunlari, Ko'zimdan o'tadi bir-bir yoshligim. Hafa qilganlarim, dil ozorlarim, Ahmoqlik sababi-bag'ritoshligim... Qaltirib teraman uyim raqamin, Go'shak ko'taradi sog'ingan onam. Hol-ahvol so'rayman, Qarindosh-urug', Hammasi salomat deb aytar onam. Bir sukut saqlayman labimni tishlab, Ko'zlarimdan oqar qatra-qatra yosh. Onam gapiradi: "Bir so'z ayt, bolam, Seni o'ylamagan kunim yo`q, bolam. Bugun ketganingga bo'ldi 1 yil, Kelishingga qancha qoldi ayt , Yuragim hamriqib seni kutadi. Duolab chiqarman, yolg'izim, har tun. Umring uzoq bo'lsin, deb yig'lar onam, Mening qo'shilishib yig'lagim kelar. Jonim onam bilan, bu murda tanam, Goh-gohi yig'idan silkinib ketar... © Yaratgandan Onajonim b-n Go’zal Kunlarda Shirin Diydorla Ko’rishishlikni so’riman Va barchamizni Onajonlarimizni o’z panohigda sarashini Allohdan so’rab qolaman!</I></SPAN></P>
|