Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2012 » Январь » 15 » Ona men o’laman, yonib o’laman (Singlisidan ayrilgan opa maktubi)
01:29 Ona men o’laman, yonib o’laman (Singlisidan ayrilgan opa maktubi) |
Odnoklassniki.ru saytida «Великий Незнакомец» nikli profilimda o’tgan 2011 yil Voqea va boshqa guruhlarga xikoyalarni "Tema” qilib ko’p yozardim. Avgust oyida bir kitobda ukasidan ayrilgan akaning dardlari haqida yozilgan xikoyani o’qib qoldim va shuni "Tema” qilib guruxlarga joyladim. Sababi esa oddiy Xotira abadiyligini kech bo’lsada mehrni anglash kerakligini bildirish edi. Bu xikoyani yaxshi qabul qilishdi va chiroyli fikr mulohazalar ham bo’ldi o’sha kuni. Kechga yaqin "……..” nikli profildan menga "Сообщения” keldi u inson ham singillaridan ajralgan ekanlar. Mani o’zlariga yaqin olib dardlarini bo’lishdilar.
Ularni yozganlarini o’qir ekanman bundan 5 yil oldin o’zbek shoiralaridan birini "Ona men o’laman” deb nomlangan sherini ovoz yozish studiyasida yozganim esimda tushdi. Kompyeterimdan mp 3 shaklida sherlarim ichidan sherni qidirib topdimda elektron pochtalarini manzilini olib shu insonga yubordim. Sher manzur bo’ldi. Man shu sher va ularni dardlari asosida xikoya yozmoqchiligimni aytganimda rozilik bildirdilar faqat niklarni oshkor qilmasligimni so’radilar.
Shukurullo Xo’jamberdiyev
Ona men o’laman, yonib o’laman (Singlisidan ayrilgan opa maktubi)
.... yil 14 aprel kun bo’yi ko’nglim nimandandir notinch bo’lib, qo’lim ishga ham bormadi. Ish vaqti tugagach, uyga keldimda kechki ovaqatni tayyorlashga kirishdim. Oradan xech qancha vaqt o’tmagan edi. Telefon jiringladi. Men oshxonada ovqat tayyorlayotganim uchun go’shakni xo’jayinim ko’tardilar. Keyin oshxonaga meni oldimga kirdilar. - Ha dadasi kim ekan qo’ng’roq qilgan? - Jiyanin Asadbek. - Tichlik ekanmi o’zi? - Maxliyo o’girlashib qolibdi. Kasalxonaga olib ketishibdi. - Axir do’xtirlar…. Olti oy boridiyu… Kasalxona tomon ketyapmanu boshimda ming xil hayol… Xudoyim o’zing singlimni umrini uzoq qilgin deya iltijo qilaman...
Ona men o’laman qishloqning o’sha, Xilvat to’shagidan qazishsin qabr. Jasadim kuyadi qabrim ustiga, Qo’yilgan toshlarga tilayman sabr…
Maxliyoni joylashtirishga xona oldiga kelganimda bechora singlimning hasta ovozda onamga aytayot so’larini eshittim: - Onajon jonim uzilgandan keying meni qishloqdagi qabristonga ko’minglar. Uyerda rahmatli dadam qabrlari bor …. - Sen xali xudo xoxlasa ko’p yashaysan. O’lim haqida o’ylamagin jon bolam. – onam singlimga dalda bera boshladilar Shu onda nimalarni his qilganimni bilsangiz edi… Singlim ko’z oldimizda shamday so’nayapti … Bizni qo’limizdan esa ehhh…. Xatto onamga vaziyat qilmoqda … . Ona men o’laman yeg’lama axir, Kurashib yashadim bir inson qadar. O’lgan jasadimdir men esa tirik, Bosh o’lib ketadi ruhim darbadar
- Onajon man hammasini bilaman. Umrim oxiriga yetayoyganini his qilyapman. Onajon, men o’lganimdan keyin yeg’lamang xo’p. Axir kasal bo’lib qolsangiz ukalarim opam nima qilishadi. Axir bu dunyoda sizdan boshqa suyanadigan insonimiz yo’qku… - Jon qizim bunaqa gaplarni gapirma sen xali uzoq yashaysan - So’z berasiz-a onajon iltimos menga ayting? Sen o’lganingdan keyin yeg’lamayman deb… Ko’zlarim yoshlarni artib, xonaga kirdim. Onamni menga ko’zlari tushdiyu singlimga qarab: - Ana opang ham keldi… Sizlar opa singil gaplashib turinglar. Men do’xtirni oldiga chiqib kelaman.- dedilarda tashqariga chiqib ketdilar. Bechora onam xozir tashqarida devorga suyanib yum yum yeg’layotgan bo’lsalar kerak… - Opajon Sizdan bir narsa so’ramoqchiman faqat rostini ayting ? - Xo’p singlim rostini aytaman.- jilmayishga harakat qildim biroq ichimda o’lim xaqida gapirmasligini xudodan so’rardim - Axmad akamlarni ishxonangizda ko’rib turipsizmi? O’zlari yaxshimi ? Oilari tinchmi ?
Eh singiljonima shuncha ishdan keyin ham Axmadjonni haliyam sevarkansanda U bo’lsa….
Iblislar, shaytonlar bir hovuch harom Mening etagimga bog’lashdi dog’lar Menig telba dilim, yo’lg’iz dilimga Bardoshni o’rgatti hazonrez bog’lar
Axmadjon singlimni sobiq turmush o’rtog’i. m en ishaydigan korxonada bo’lim boshlig’i. Ular sevishib turmush qurishgan edi. 4 yil birga bahtli hayot kechirishdi biroq farzandli bo’lishmagandi. Bir kuni Maxliyo uyida xushidan ketib yeqildi. Do’xtirga olib borishdi. Yaxshi habar umidi ila bosh vrach xuzuriga kirgan Axmadjonga Maxliyoni Saratonga chalingani va uzog’i 1 yil umri qo’lgani aytishdi… Shundan so’ng barcha muaamolar boshlandi quda tomon kasal kelinni bizga keragi yo’q deb ularni ajrashtishiddi. Lekin bir oy o’tar o’tmas Axmadjon uylandi. Bir yog’da umri tugayotganini bilish bi yogda esa sevgan yorini boshqaga uylanishi singlim bularga qanday bardosh berdikin xaligacha anglolmayman. - Ahmadjon yaxshi. Har kuni seni so’rab turadi. Oilasi yaxshi. Yaqinda ota bo’ladi. Gar bitta ishxona ishlasakda meni umuman tanimaganga olib yuradi o’zini. Xatto salomlashmay. Shunchalik ham ham diydasi qattiqki Mayliyoni bir marta ham habar olmadi… Yana bir paytlar sevgan eh mayli o’zi insof bersin - Singlim endi biroz uxlagin xo’p. Do’xtirlar ko’p gapirish mumkin emas deyishgandi. - Xo’p opa faqat yonimdan ketmang – deb u sekin ko’zlarini yumdi... O’laman belanchak osilgan o’sha Tutning daraxtidan qilishsin tobut Toki dardim bo’lib faryodlar cheksin Mening bo’lagim kulayotgan tut
Oradan bir ikki soat vaqt o’tdi. Maxliyo bir nimadan qo’rqandek cho’chib uyg’ondi. Suv so’radi. Men bir piyolani suvni olib singlimni boshini ko’tarib ichiga ko’maklashdim bir qultum ichdi halos… keyin esa: - Opa ga’lati tush ko’rdim bolaligimizda qishloqdagi uyimizda Ichi katta go’vak tut bor edi. O’sha tutni shohiga ilingan belanchak bo’lardi… Tushimda belanchakda uchayotgan ekanman. Birdan arqon uzilib ketdi. Men uchib borib tuting g’ovagiga kirib qoldim xarchan urinmay u yerdan chiqolmadim. Shunda g’vok ichidan "Bu g’ovak endi seni tobutin” degan ovoz eshitala boshladi qo’rqib uyg’onib kettim - Bu tush jon qizim sen o’lim haqida ko’p o’yladinda shunga tushlaring ham shunaqa. Bo’ldi o’lim haqida gapirsang seni qizim demayman – xonaga kirib kelgan onamni payqamagan ekanmiz.
Ona ertaklaring bor edi g’o’zal Menga ber ularni olib ketaman Parilar sochidek uzun yo’llarni So’ngida bearmon kunga yetaman
- Onajon bolalagimizda bizni uzun sochli pari haqidagi ertagingizni aytib uxlatardiz. Hozir o’sha ertagingizni aytib bering. Eshitgim kelyapti… Onam Maxliyoni oldiga keldilarda uni qo’lladidan ushlab, bizga qadrdon ertakni boshladilar Bir bor ekan bir yo’q ekan. Chekkiz ummondagi bir orolda sochlari uzun pari qiz bo’lgan ekan. … Onam ertakni aytayaptilaru mening hayolimda bolaligimiz gavdalandi. Tutdagi belanchakda bir birimizni uchurganimiz. Hovli ikki bo’lib olib supurganlarimiz. Maktabga borib kelgan yo’limiz… Xammasi ko’zim o’ldida o’tardi… Ertak ham tugadi. Men singlimni yuziga qaradim u jilmaygan xolda onamga qarab yotardi… Onam esa unsiz yeg’lardilar… Sekin qo’llarini bo’shattilarda singlimni ochiq ko’zlarini yoptilar...
Ona men o’laman ochiq ko’zimni Mehrob barmoqlaring sekin yopadi Kimgadir baht bo’lagan yanoqlarimni Eng songi o’shig’im tuproq o’padi
Ona men o’laman, yonib o’laman
Bazida aka ukamiz opa singillarimizdan mehrimizni ayaymiz ularga yaxshi gapirsek go’yoki ular bizdan nimadir umidvor bo’ladi va biz ularga nimadir berishimiz kerakdek tuyuladi… Aslida esa bu dunyoda ulardan bo’lak yaqinlarimiz yo’qligini, ular uchun bir o’g’iz shirin so’zimiz va e’tiborimiz kifoya ekanin unutgan bo’lamiz. Qondoshlarga mehribon boling azizlar, toki ular o’tganlaridan so’ng afsuslanmaslik uchun.
Odnoklassniki.ru saytidagi «Великий Незнакомец»
Xikoya muallifi: Shukurullo Xo’jamberdiyev Manba shukurullo.ucoz.ru sayti
|
Категория: IBRATLI XIKOYALAR |
Просмотров: 3480 |
Добавил: shukurullo0924
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|