Omadli duet Oybek va Nigora barchaning ko’nlidan birdek joy olganini tan olish kerak. 8 oktyabr Oybekning tavallud ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Hamisha oilada va hayotda omad va baxt shamoli uni tark etmasin. Nigora bilan dueti ham bir umrlik bo’lsin!
Men Alimov Oybek Bahodirovich 1987 - yil 8 oktabr
kuni Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug'ildim. Oilam haqida
qisqacha to'xtalib o'tadigan bo'lsam, oilada 4 kishimiz: ota - onam,
akam va men.
Otam - Alimov Bahodir Turg'unovich (1962 yil, Toshkent shahri).
Onam - Alimova Nodira Sattorovna (1963 yil, Toshkent shahri).
Akam - Alimov Javlon Bahodirovich (1986 yil, Toshkent shahri.
Hamma jajji bolalar kabi bog'chaga, so'ngra 1994 - yil 29 -
o'rta maktabning 1 - e sinfiga borganman. Shu maktabning 2 - sinfini
tamomlagach, yangi uyga ko'chganimiz tufayli 3 - sinfni 39 - tayanch
maktabida davom ettirganman. Yoshligimdan sport turlaridan futbolga
qiziqardim. Darslardan bo'sh vaqtimda "Istiqlol" futbol maktabida,
futbolning o'ziga xos sirlarini o'rganar edim. Hattoki futbol
o'ynayotganimda oyog'imni ham sindirganman. 2003 - yilda 9 - sinfni
tamomlagach, ba'zi sabablarga ko'ra 2 yil mobaynida o'qishni davom
ettira olmadim. Hatto "Istiqlol" futbol maktabini ham tashlab ketdim.
Ammo yoshligimdan sportdan tashqari musiqa san'atiga qiziqishim kuchli
bo'lganligi sababli keyinchalik "Konsanans" nomli musiqa to'garagiga
qatnashdim.
Nihoyat, 2005 - yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Respublika
musiqa kollejiga imtihon asosida o'qishga qabul qilindim. U yerda
"Akadem xonandalik" bo'limida O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda xizmat
ko'rsatgan artist Serjanov Kenezboy Jumaboyevichdan tahsil oldim. Shu
yilning noyabrida "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani va u
yerda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov
o'tkazilayotgani haqida xabar topdim. Menda o'zimni sinab ko'rish uchun
imkoniyat paydo bo'lgan edi va albatta bu imkoniyatdan unumli
foydalangan holda tanlovda qatnashishga qaror qildim. Bu tanlovda
kollejimizdan juda ko'plab yigit - qizlar ham o'z nomzodlarini
ko'rsatishgan edi. Ular orasida sizga yaxshi tanish Nigora va Ziyodalar
ham shular jumlasidandir. Tanlovda Nigora, Ziyoda va men g'olib deb
topildik. Uzoq tayyorgarliklardan so'ng, ilk taronam "Yuragimda" efir
orqali jarang sochganida o'zimni qo'yarga joy topa olmaganman. Men
bilan birga Ziyoda va Nigoraga ham qo'shiq yozilib, uni ham efir orqali
taqdim qilindi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, Nigoraga yana bir qo'shiq
yozildi va uni duet shaklida kuylash rejalashtirildi. Bu duetdosh men
bo'lib chiqdim. Yodingizda bo'lsa, Nigora bilan ilk duet qo'shig'imiz
"Izlayman" edi. Ko'plab tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Shundan so'ng rahbariyatimiz yana bir duet qo'shiq yaratish
taklifini bildirdi va "Sen uchun" nomli duet tarona dunyoga keldi.
Ikkinchi duet qo'shiq TV orqali taqdim qilingandan keyin bizni Oybek va
Nigora dueti deb taniy boshlashdi. Intilishlarimiz va ijodimiz
orqasidan ko'plab olqishlarga sazovor bo'ldik. Shu bilan birga ko'plab
mukofotlarga erishdik. Jumladan, turli xil tashakkurnomalar, fahriy
yorliqlar, 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va eng asosiysi
2008 - yilda "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lishimiz biz uchun
kutilmagan holat edi. "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lganimizdan
so'ng, Oybek va men musiqiy bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun
2009 yilda O'zbekiston Davlat San'at institutiga imtiyozli tarzda qabul
qilindik. Hozirda ushbu institutning "Estrada aktyorligi" fakultetining
1 - bosqich talabasimiz. 2010 yilga kelib "Akfa Media" prodyusserlik
markazi bilan tuzgan shartnoma muddati o'z nihoyasiga yetganligi
sababli ijodimizni mustaqil davom ettirishga qaror qildik.
Muxlislarimiz bundan hech ham hafa bo'lishmadi. O'ylaymizki, kelajakda
o'zimizning ijodimiz bilan dunyo miqiyosiga ko'tarilib, bundanda katta
yutuqlarga erishamiz...
BLITS - SAVOLLAR
1. To'liq ism-sharifi: Alimov Oybek Bahodirovich (Oybek va Nigora dueti).
2. Laqabi yoki tahallusi: Bebek.
3. Tug'ilgan joyi va vaqti: Toshkent shahri, 8 oktyabr 1987 yil soat 10:00 da.
4. Vazni: 70 kg.
5. Bo'yi: 172 sm.
6. Millati: O'zbek.
7. Tabiati: Og'ir, bosiq. O'zini-o'zi tabiatan shunday bo'lgani uchun hurmat qilgisi kelib ketadi.
8. Oilaviy sharoiti: Bo'ydoq.
9. Yoshlikdagi hato uchun eng og'ir jazo: Omborxonaga qamab qo'yishgan.
10. Birinchi bo'sa: 11 yoshida oromgohda
(Oromgohda o'tkazilgan o'yinda yutqazgan Oybek, bir qizdan bo'sa
olishga majbur bo'lgan, aytishiga qaraganda, juda hayajonlangan).
11. Birinchi bor gaz pechi oldida: 7 yoshida tuxum qovurgan.
12. Sevimli aktyor va aktrisasi: Jim kerry
13. Sevimli xonandasi: Shahnoz, guruhlardan esa "Backstreet boys".
14. Sevimli filmi: Nazad v budushe va "Eys Ventura".
15. Sevimli qo'shig'i: Shahnoz ijrosidagi "Yuraklar" taronasi.
16. Sevimli taomi: Palov.
17. Sevimli ichimligi: Ayron (aytishicha, ichganida rohatlanar ekan).
18. Sevimli sport turi: Futbol (oyog'ini ham sindirishga ulgurgan).
19. Sevimli mashg'uloti: Musiqa yozish.
20. Sevgan insoni: Yo'q (Orzusidagi qiz topilmagan).
21. Qo'llanadigan atiri: Arktic Blue.
22. Shiori: Qo'lingdan kelsa yaxshilik qil, kelmasa yomonlik ham qilma!
23. Mukofotlari: 2008 - yil Nihol davlat mukofoti.
24. Ko'p ishlatadigan so'zi: Nigor bu yoqqa qarang?!
Tez kunlarda barchamizning sevimli honandamizga aylanib ulgurgan Yodgor Mirzajonovdan konsert dasturi bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. 6-7 noyabr kunlari muxlislar ushbu shovga guvoh bo'lishlari mumkin.