Muhabbatning eng oliysi sengadir Olloh, Kechirgin bilmasdan qilsak gar gunoh. O'zingdan boshqaga yo'qdir hojatim, Qalbdagim anglaysan yo'q murojatim. Ollohim iymonimiz qilgin mustahkam, Savob-u gunohlarga o'zingsan hakam. Besh farzing astoydil aylaymiz ado, Bu qalbdagi mustahkam iymondan sado. Tavakkulla topshiraylik dunyo tashvishin, Bajaraylik bizlar endi oxirat ishin. Ushbu she'r Madinadan sizgadir in'om, Ollohni yod eting har soat,har on.