DUSHANBA, 2026.01.26, 22:38
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 15
MEXMON 15
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 19 » Odamlarga yoqish va ular e’tiborini qozonish qoidalari
16:54
Odamlarga yoqish va ular e’tiborini qozonish qoidalari

Odamlarga yoqish va ular e’tiborini qozonish qoidalari

Insonlarga yoqish Hurmatga sazovor bo'lish

Insonlar e'tiborini qozonish Oilani baxtli qilsh

  Telefonda so'zlashish qoidasi






  Insonlarga yoqishning besh qoidasi:
1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing!
2.Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo’ling!
3.Unutmang, insonning ismi – u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir!
4.Eng yaxshi tinglovchi bo’ling! Boshqalarga ko’proq o’zlari to’g’risida gapirishlariga imkoniyat bering!
5.Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to’g’risida ko’proq gapiring!
 


Insonlar e’tiboriga erishishning o’n ikki qoidasi:
1.Tortishuvlar paytida ma’naviy balandlikda bo’lishning yagona yo’li – bu tortishuvdan voz kechishdir!
2.Suhbatdoshingizning har qanday fikriga hurmat ko’rsating. Insonlarga hech qachon “nohaqsan” demang!
3.Agar siz nohaq bo’lsangiz, tez va keskin tan oling!
4.Suhbatni do’stona ohangda boshlang!
5.Suhbatdoshingizni har qanday masalada fikringizga “Ha, to’g’ri”, deb aytishga undang va erishing!
6.Suhbat davomida kamroq gapiring, uning ko’proq gapirishiga imkon yarating!
7.Mazmunli fikrlarni suhbatdoshingiz o’ziniki hisoblasin!
8.Har bir masalaga suhbatdoshingizning nuqtai nazari bilan qarang!
9.Boshqalarning fikri va xohishlariga ta’sirchan bo’ling!
10.Marhamatli inson ekanligingiz bilinib tursin!
11.Kinolarda va radiolardagi eng yoqimli harakatlarni o’zingizga singdiring va kinoradio qahramonlaridek harakat qiling!
12.Otashin, aniq, insonga ma’naviy quvvat beruvchi gaplarni gapiring!





  Insonlarni xafa qilmasdan ularga ta’sir ko’rsatish va hurmatiga sazovor bo’lishning to’qqiz qoidasi:
1. Gapni suhbatdoshingizni maqtab va yaxshi tomonlarini tan olish bilan boshlang!
2. O’zgalarning xato-kamchiliklarini to’g’ridan-to’g’ri aytmang, boshqalar misolida gapiring!
3. Oldin o’zingizning xatolaringiz to’g’risida gapiring va shundan so’ng suhbatdoshingizni sekinlik bilan tanqid qiling!
4. Suhbatdoshingizga buyruq bermasdan, unga savol berish orqali ishni bajartiring!
5. Insonlarga o’z muvaffaqiyatlarini saqlab qolishlari va yanada amalgam oshirishlariga imkoniyat bering!
6. Har bir insonning eng kichik muvaffaqiyatlarigacha qo’llab gapiring!
7. Odamlar o’rtasida sog’lom, obro’li muhit yarating va natijada ular shu darajada qolishga harakat qilsinlar!
8. Shunday qilingki, inson yo’l qo’ygan xatoliklarini osonlik bilan to’g’rilashi mumkinligini va bu qiyin emasligini his etsin!
9. Shunga erishingki, insonlar sizning bergan taklif-mulohaza va ko’rsatmalaringizni bajarib, natijalaridan o’zlari zavqlansinlar!




  Oilangizni yanada baxtli qilishning o’n qoidasi:
1. Hech qachon tortishmang!
2. O’z umr yo’ldoshingizni o’zgartirishga urinmang, balki unga moslashishga harakat qiling!
3. Bir-biringizni tanqid qilmang, yaxshilab o’ylab, so’ng gapiring!
4. Bir-biringizga doimo e’tiborli bo’ling!
5. Bir- biringizga chin dildan minnatdorchilik bildirib turing!
6. Doimo har bir masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashing!
7. Bir-biringizdan doimo yaxshi tomonlarni qidiring! 
8. Jahlingiz chiqqanda masala yechimini keyinga qoldiring va maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’l tuting!
9. Oilaning or-nomusini hamma narsadan ustun qo’ying!
10. Oilaning jamiyat o’rtasidagi obro’-e’tibori uchun har bir oila a’zosi mas’uldir! 



  Telefonda so’zlashish odobi
Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon kirib keldi. Radiotelefon, peydjer, uyali aloqa telefoni… Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda.
Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmat yuzasidan bo’lishi kerak. Tadqiqotlarga ko’ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang qat’iyroq bo’ladi. Agar o’tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va muloyimroq chiqadi.
Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Raqam terishdan avval o’ylab ko’rishingiz kerak. Sizning qo’ng’irog’ingiz xush kelarmikan? Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo’ymasmikansiz? Shu tobda siz qo’ng’iroq qilayotganingizda uni kimdir bezovta qilmayotganmikan?
Har qanday qo’ng’iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, keyin gaplashishingiz kerak bo’lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz.
Suhbatni boshlashdan oldin, muhim ishdan qoldirmadimmi deb so’rang.
Yodda tuting, tanishingiz yoki dugonangiz bilan shoshilmasdan suhbat qurayotgan paytingiz, sizga muhim ish bilan qo’ng’iroq qilayotgan bo’lishlari mumkin. Telefon orqali bekorchi gaplarni gaplashmang. Agar do’stingiz bilan ko’ngildan suhbatlashmoqchi bo’lsangiz, u bilan biror joyda uchrashib gaplashganingiz ma’qul. Judayam kech bo’lib qolganda tanishingizga qo’ng’iroq qilmang. Agar 5-6 marta chaqirgandan keyin telefonni hech kim ko’tarmasa, boshqa qo’ng’iroq qilmang. Agar kimdir raqamni noto’g’ri terib sizga tushib qolsa, qo’pollik qilmay, mayinroq javob bering: “Kechirasiz, boshqa raqamga tushib qoldingiz”. Eslab qolish zarur bo’lgan shunday qoida bor: do’stingizning uyiga ogohlantirmasdan bormang. Bu telefonning afzalliklaridan biridir.
Hech qachon telefon qilayotgan insonga “Kim bu gapirayotgan?” deb so’ramang. Bu odobdan emas.
Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o’sha odamga qayta qo’ng’iroq qiling. Noto’g’ri ulanib qolgan bo’lsa, gaplashishdan oldin qayerga qo’ng’iroq qilayotganligini aniqlab oling.
Go’shakdan baqirib gapirmang – bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi shoshmasdan, so’zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo’pol ham, o’ta muloyim ham bo’lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini so’rashsa, “Kim so’rayapti?” deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so’rasa, qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan v anima maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak.
Go’shakni ko’tarib qo’ymang. Yana qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi, “20-30 daqiqadan keyin qo’ng’iroq qiling”, deb ayting. Sherigingizga qo’ng’iroq qilishga kelishgan bo’lsangiz, va’dangizni bajaring. O’ta zarur ishingiz bo’lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo’ng’iroq qilmang. Ish yuzasidan bo’lsa, bir necha daqiqaga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 22.00 dan keyin qo’ng’iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug’ilsa, bu narsalarni qidirib qolmasligingiz zarur.
O’ta muloyimlik ham odobdan emas. Shakarningham ozi yaxshi. Albatta, “marhamat qilib”, “rahmat” so’zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so’rashib, boshni qotirmaganingiz ma’qul.
Telefonsiz insonga tez yordam ko’rsatib bo’lmaydi. Bunda bo’lib o’tgan voqeani aniq va lo’nda ifoda etish zarur. Ortiqcha gaplar bilan vaqt yo’qotmagan ma’qul. Agar favqulodda hodisa bo’lgan vaqtda qo’lingizda telefon bo’lsa, yordam chaqirish uchun berish zarur. Qarindoshlaringiz, do’stlaringiz, tanishlaringizning boshiga biror ish tushsa, telefon orqali so’rash to’g’ri kelmaydi, bunday vaqtda ularning oldiga qanday yordam kerak, deb ko’ngil so’rab borish zarur.
Odatda, ishga doir qo’ng’iroqlar ishxonaga qilinadi. Agar vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to’g’ri kelsa, avvalo uzr so’rash, shundan so’nggina qo’ng’iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim. Tafsilotlarni uchrashganda yoki ishxonaga qo’ng’iroq qilganda gaplashishga kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o’ylamay, dam olish huquqiga egalar. Bu huquqni hurmat qilish kerak.
Agar notanish odamga qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsangiz, albatta o’zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting.
G’arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo’lmaganda, ish yuzasidan bo’layotgan suhbat jarayonida amal qiling.
Qoida bo’yicha, qo’ng’iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo’lib tanitmaslik huquqiga ega. “Kim bilan gaplashayapman?”, “Bu kim?”, “Men qayerga tushdim?” kabi so’roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. Agar qo’ng’iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo’lmasa, go’shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o’tirmasligi kerak. “Kim so’rayapti?”dan ko’ra “Nima deb qo’yay?” degan so’roq yaxshiroq.
Telefonda so’zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan chiqarmang.
Ko’chada, odamlar orasida ba’zida mobil telefon orqali baqirib gaplashayotgan kishini uchratamiz. Yoki tramvay, avtobusda ketayotganimizda mobil telefonida gaplashayotgan odamning ovozini hamma eshitadi. Aytishlaricha, Yaponiyada avtobusda ketayotgan biro dam mobil telefonda baqirib gaplashgani uchun atrofidagi yo’lovchilar uni do’pposlashgan ekan. Bu kabi muammolarga biz duch kelmaymiz, deb bo’lmaydi. Nachora, ehtiyojlarning o’zi qonun-qoidalarni paydo qiladi. Jamoat joylarida mobil telefoningizga qo’ng’iroq qilib qolishsa agar zarur bo’lmasa, yaxshisi, “Hozir transportda yoki biror joyda edim, sal turib o’zim qo’ng’iroq qilaman”, deganingiz ma’qulroq. Zero, telefonda so’zlashuv ham sizning nazokatingizni belgilab beradi.



Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 3051 | Добавил: elBasanio | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2026 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz