O‘zbekistonlik 23 yoshli A’zamjon Shokirov Shvetsiyaning Kalmar shahrida yosh qizni nomusiga tahdiddan saqlab qoldi. Bu haqda Expressen nashriga tayanib, “Anons.uz” xabar bermoqda.
Yangi yil kechasida A’zamjon shahar ko‘chalaridan birida sarxush bo‘lib qolgan yolg‘iz qizni 7—8 kishidan iborat yigitlar guruhi o‘rab olganini payqab qoldi. Vaziyat qiz uchun yaxshilik bilan tugamasligini sezgan yigit tezda uni avtomobiliga o‘tqazdi. Tegajoqlik qilayotganlar unga notanish tilda baqira boshladi, ulardan ikkitasi mashinaga chiqib olmoqchi ham bo‘ldi, biroq A’zamjon chaqqonlik qildi.
O‘zbekistonlik yigit o‘zini qahramon hisoblayotgani yo‘q. “Men yordamga muhtoj odamni ko‘rgan har bir kishi bajarishi lozim bo‘lgan ishni qildim, xolos”, — deya ma’lum qilgan u Shvetsiyaning Expressen nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 1-yanvarga o‘tar kechasi Kalmar shahrida 20 ga yaqin ayollarga jinsiy tegajoqlik qilingan.
|