Shifokorlar, iqtisodchilar, o‘qituvchilar va
huquqshunoslik kasbi egalari O'zbekistondagi eng obro‘li kasblar
sanaladi. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi
o‘tkazgan so‘rovda mazkur holat qayd etilgan. Markaz tarqatgan xabarga
ko‘ra, so‘rovda ishtirok etganlarning 67%i shifokorlar, 49,6%i pedagoglar, 35,2%i iqtisodchilar, 26%i huquqshunoslarni eng yaxshi kasb egalari deb baholagan.
So‘rov
qatnashchilari kasblarga yuqori ish haqi (70%), jamiyatdagi talab (38%)
va omma orasidagi hurmat (19,2%) mezonlari asosida baho berganlar.
Ishtirokchilarning
63%dan oshig‘i doimiy ishiga ega ekanini bildirgan. Shifokor,
o‘qituvchi, fan va san'at namoyandalarining 13,2%i bog‘dorchilik,
chorvadorlik, tikuvchilik kabi qo‘shimcha ish bilan shug‘ullanishini
bildirgan.
Qatnashchilarning 39,2%i ish faoliyati bevosita
kompyuter, 15,6% Internet bilan bog‘liq ekanini bildirgan. Har yetti
ishtirokchidan biri bir joyda bir yilga ko‘p ishlamasligini, 54%i 2
yildan 7 yilgacha, qolganlar uzoq muddat ishlashini ma'lum qilgan.
So‘rovda qatnashganlarning 60%i diplom mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotganini aytgan.
WWW.SHERLAR.UZ