Главная » 2011»Август»8 » O’zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi sayti hakerlar hujumiga uchradi
22:16
O’zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi sayti hakerlar hujumiga uchradi
O’tgan oy oxirida O’zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Tashqi Ishlar vazirligining Jahon axborot agentligi saytlari hakerlar hujumiga uchragan. Hakerlar vazirliklar va axborot agentligi saytlarining faqat rus tilidagi sahifalariga hujum qilgan. Natijada ushbu sahifalar bir muddat faoliyatsiz qolgan, deya xabar beradi Uzdaily.com axborot sayti.
Hakerlar hujum qurboni bo’lgan saytlarning bosh sahifasida "xTerror xTerrorxx@hotmail.com S.A.Geeks” yozuvini qoldirgan.
Ertasiga ertalab, har uch saytning boshqaruvchi mutaxassislari hakerlar yozuvini tizimdan o’chirib, saytni yana to’liq qayta ishga tushirganlar.