Главная » 2014»Март»7 » O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga 50 million so‘m beriladi
00:14
O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga 50 million so‘m beriladi
Ertaga, 7-mart kuni Toshkentning ikki jamoasi — "Lokomotiv” va "Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UFF.uz xabar berdi.
Ushbu o‘yin muxlislarning ancha qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki ushbu uchrashuv ikki taniqli mutaxassis — Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov o‘rtasidagi to‘qnashuv sifatida ham muxlislar uchun ancha qiziqarli.
O’zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy tvitteri xabar qilishicha, O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan jamoaga 50 million so‘m mukofot puli ham beriladi.