“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga parvoz uchun maxsus pasaytirilgan tariflar muddatini uzaytirdi. Maxsus tarif shu yilning 20-may kunigacha bajariladigan reyslar uchun amalda bo‘ladi, aviachiptalar sotuvi esa 29-fevralga qadar uzaytiriladi. Bu haqda “Anons.uz” xabar berdi.
Ushbu muddat mobaynida aviachiptalarga narxlar quyidagicha bo‘ladi:
Toshkent/ Samarqand/ Buxoro/ Qarshi/ Farg‘ona/ Namangan/ Andijon/ Navoiy — Moskva:
Bir tomon uchun minimal tarif — 109 EUR
Borish-kelish uchun minimal tarif — 224 EUR
Termiz — Moskva:
Bir tomon uchun minimal tarif — 118 EUR
Borish-kelish uchun minimal tarif — 246 EUR
Urganch — Moskva:
Bir tomon uchun minimal tarif — 137 EUR
Borish-kelish uchun minimal tarif — 269 EUR
Nukus — Moskva:
Bir tomon uchun minimal tarif — 137 EUR
Borish-kelish uchun minimal tarif — 268 EUR
Tariflar parvozdan so‘ng qaytarilmaydigan bo‘lib, oldindan qaytib berilgan yoki sanasi o‘zgartirilgan taqdirda 50 yevro miqdorida jarima olinadi. Aviachiptalar sotuvi xorijiy valyutada (AQSh dollari) amalga oshiriladi.
|