O’zbek to’ylariga nima yetsin. Har kimni to’ylarga yetkizsin! To’ylarning ham turi ko’p. Bittagina nikoh to’yining shuncha turi bor ekan. Siz ham nazar soling-a…
Chit to’y – turmush qurilganga bir yil to’lganda;
Qog’oz to’y – ikki yil to’lganda;
Yog’och to’y – besh yilda;
Atirgul to’y – o’n yilda;
Shisha to’y – o’n besh yilda;
Chinni to’y – yigirma yil to’lganda;
Kumush to’y – yigirma besh yil to’lganda;
Marvarid to’y – o’ttiz yil to’lganda;
Platina to’y – o’ttiz besh yil to’lganda;
Yoqut to’y – qirq yil to’lganda;
Oltin to’y – ellik yilda;
Olmos to’y – Oltmish yilda;
Farovon to’y – yetmish yilda;
Shohona to’y esa yetmish besh yilda nishonlanar ekan. Keksalar bilib gapiradi: to’yga buyursin topgan-tutganing, deb. Agar yiqqanimizni to’ylarga sarflayversak ham to’y xarajatlari tugamas ekanda. Xullas, barchani Shohona to’ylarga, yo’g’e undan ham ulkanroq to’ylarga yetkazsin! Nima dedingiz?!