GM Uzbekistandan keyingi o’rinlarni Nissan (42200 dona), Mitsubishi (33000 dona) va Kia (27900 dona) avtomobillari egallagan. 2011-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko’ra, GM Uzbekistan avtomobillari Rossiyaga import qilinayotgan avtomobillar orasida ikkinchi o’rinni egalladi.
Rossiyaning "Avtostat” agentligi xabariga ko’ra, 2011-yil yanvar-iyun oylarida 44100 dona o’zbek avtomobili Rossiyaga import qilingan. Bu o’tgan yilning birinchi yarim yilligiga qaraganda 1,5 baravar ko’p demakdir.
GM Uzbekistan avtomobillarini faqatgina Toyota kompaniyasi ortda qoldirdi, xolos. Toyota Rossiyaga 51300 dona avtomobilni import qilgan.
GM Uzbekistandan keyingi o’rinlarni Nissan (42200 dona), Mitsubishi (33000 dona) va Kia (27900 dona) avtomobillari egallagan.
2011-yilning birinchi yarmida Rossiyaga 441400 dona avtomobil olib kirilgan.
2011-yilning yanvar-iyul holatiga ko’ra, Rossiyadagi eng ko’p sotilayotgan avtomobil markalari ichida Nexia 9-o’rinni, Matiz 16-o’rinni egallab turibdi.
Rossiyada har yili o‘tkaziladigan "Yil avtomobili” tanlovida "Spark” 2011-yilning "Shahar avtomobili” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan edi.
Eslatib o’tamiz, GM Uzbekistan zavodida yiliga 250000 dona avtomobil ishlab chiqariladi.
|