Siz
g‘arb kinolarini ko‘p ko‘rgansiz. Ularning aksariyatida qiziq bir
holatga guvoh bo‘lishingiz mumkin: bosh qahramon avvaliga rosa kaltak
yeydi, keyin o‘zini qo‘lga oladi-da, raqibini yer tishlatadi. Nega bu
filmlarni esladi ekan, - deb hayron bo‘lishingiz mumkin. Agar inson
diqqat bilan razm solsa va ko’ngil ko’zi bilan boqsa, yar narsadan
hikmat topishi mumkin. Aytmoqchimizki, mashaqqat va zob ko’rgan bosh
qahramonning o‘zini qo‘lga olishga kuch topa olishi bizni ibratga
undaydi.
Hozir
siz aynan mushtlardan o’lasi holatga kelgan bosh qahramon holatida
bo‘lishingiz mumkin, lekin bu degani yotib qolishingiz kerak, degani
emas. E’tibor bering, bir oliy o‘quv yurtiga nechta abituriyent hujjat
topshiryapti-yu, ularning nechtasi talabalik safiga qabul qilinmoqda.
Keling, sonlar "gapira” qolsin.
Deylik,
o’qishga kirolmagan abituriyentlar soni 250 ta. Grant asosida 10 ta,
to‘lov-kontrakt asosida 15 ta bola qabul qilingan. Demak, 275 ta
abituriyentdan faqatgina 25 tasi talabalik baxtiga musharraf bo’lgan,
250 tasi "yiqilgan”. Bu - sizga o‘xshagan yana 249 ta abituriyent bor
degani. Ba’zi institutlarda kirolmagan abituriyentlar soni mingdan
ortadi. Demakki, "O‘qishga kira olmadim”, - deb siqilish, uyalish juda
ham o‘rinli emas ekan.
Balki,
noto‘g‘ri solishtirishni amalga oshirayotgan bo‘lishimiz mumkin, lekin
bir narsa aniq: odam o‘ziga o‘xshaganlar mavjudligi bilan taskin
topishga odatlangan.
Ho‘sh,
endi nima qilasiz? Hammasiga qo‘l siltab, boshqa ishga o‘tib ketasizmi
yoki g‘arb filmi qahramonlari kabi o‘zingizni qo‘lga olasizmi? Ishoning
qancha irodasizlik qilib, qancha kech o‘zingizni qo‘lga olsangiz
shuncha kechikasiz. Do‘stim, oliy o‘quv yurtiga kira olmaslik,
hayotning butkul tugashi emas. Hayot davom etadi. Shu sababli ham
vaqtni hech ham zoye qilmay, harakatni boshlang! Aks holda, keyingi yil
avgust oyida ham shu kabi maqolani o‘qishga majbur bo‘lasiz.
DARS QILISH USULLARI
Erta tongda dars tayyorlashning foydalari:-
- Miyangiz dam olgan
- Shahar havosi tunda tozalangan. Bu miyamizni tozaroq kislorod olish ehtimolini ko’paytiradi
- Shaharni miyani charchatuvchi shovqini hali boshlanmagan
- Oilamiz uyquda. Shu sababli uyda ham hamma joy tinch
- Televizorda diqqat tortuvchi dasturlar hali boshlanmagan
- Telefonda gaplashadigan odamlarimiz uyquda
- Ko’chaga aylanishga chiqishni ko’ngil istamaydi.
- Uyqumiz kelmayapti
- Bir kun oldingi ma’lumotlarni arhivlagan miyamizning hayol olamiga sayohat qilish ehtimoli juda kam
- Diqqatimiz ochiq
Formulalarni kodlash orqali o’rganing
Yodlab
olishingiz kerak bo’lgan formulalarni, boshqa formulalar bilan
aralashtirib yubormaslik uchun miyamizga kodlab joylashtirishingiz
kerak. Masalan, ingliz tilida ishlatiladigan ba’zi biri
bo’g’lovchilardan keyin will fe’li ishlatilmaydi. Shu bog’lovchilarni
eslab qolish uchun shu bog’lovchilarning bosh harflaridan so’z yasab
eslab qolish qulay:
W: when
A: after
B: before
A: as soon as possible
U: Until
Bularni birlashtirib, WABAU shaklida eslab qolish ancha qulay hisoblanadi.
Mavzularni guruhlang.
Ba’zan
hotiramizga olishimizga kerak bo’lgan ma’lumotlarning soni ko’zimizni
qo’rqitadi. Balki, bizga juda katta olomon kabi ko’ringan predmetlar
bir necha guruh ichida ifodalanishi mumkin.
Katta
qo’y suruvi yonidan o’tgan odamdan "Nima ko’rding?” deb so’ralganda:
"Bir qo’y suruvi, ikkita it va cho’pon ko’rdim” deydi. Ya’ni, ko’rgan
narsalarini guruhlaganida hotirasida saqlab qolishi juda ham qulay
bo’ladi. Hotirada saqlab qolinishi kerak bo’lgan ma’lumotlar yaxshilab
taxlil qilib olinganidan keyin, o’xshashlari bilan birga guruhlanishi
kerak.
|