Avvalambor, sayt deganda biz bevosita internet bilan bog`liq bo`lgan barcha tushunchalarni tushunamiz. Hozirgi kunimizda barcha internet foydalanuvchilari xorij yoki rus tilidagi saytlardan foydalanishadi. Lekin, nazar tashlasak o`zbek tilidagi saytlar ham juda ko`payib borayapti. Saytlar turli xil bo`lib, biz bilamizki ular ,ma`lumot qidiruv saytlari yoki tanishuv saytlaridan iborat bo`lishi mumkin. Alohida tanishuv saytlariga e`tiborimizni qaratadigan bo`lsak, ular hozirgi kunimizda tobora ko`payib, ommabop bo`lib ketayapti. Xorij yoki rus tanishuv saytlariga e`tibor qaratsak, ular behayo va yoshlarning ma`daniyatiga zarar yetkazmoqda. O`zbek tilidagi saytlarga nazar tashlasak, bu saytlar o`zining jiddiyligi, o`zbek ma`daniyatini saqlaganligi bilan alohida ajralib turadi. Qolaversa, insonni notog`ri fikrlashga yoki ma`daniyatini, iffatini yo`qolishiga sabab bo`lmaydi. Yana shuni ta`kidlash kerakki, o`zbek tilidagi saytlardan foydalanish natijasida biz o`z saviyamizni oshiramiz va ona tilimizni savodini oshiramiz. Bu bizning oldimizdagi muhim masalalardandir.
Fazilatkhon Akhmadova
|