Salom qadrdon sayt a`zolari bu yozayotganlarim mening aziz va qadrdon dugonamninig xozirda chekayotgan a`zoblaridir. Dugonam 2-kursda o`qib yurgan paytlarimiz guruximizdan bir yigit bilan sevishib qoldi, ular bir -birlarini shunchalar sevar edi ki bunga xamma qoyil qolardi bir-birisiz xech qayerga borishmasdi. Kunlar oylar o`tdi biz bitiruvchi kurs bo`ldik, dugonam o`qish tugagandan keyin qanday uchrashamiz meni uydagilarim ko`chaga chiqarishmaydi ku deb rosa siqilardi. Imtixonlar tugab diplom xam oldik, avgust oyida bitiruv kechasi qildik ikki sevishganlar kechadan juda erta ketishdi biz ularga indamadik bir birlari bilan to`yib suhbatlashib olishsin dedik. Avgust oyining oxirida dugonam akasi bilan andijonga ketishdi, xar kuni gaplashib turardik. Noyabr oyida uning oyisi juda sog`indim qizimni deb chaqirib oldilar kelgandan keyin uni mazasi bo`lmadi. Onasi xavo almashganga shunaqa bo`ldi shekilli deb shifoxonaga olib bordilar. Tekshiruv natijalari tugagach qizini xomilador bolasi 12 xaftalik bo`libdi degan gapni ko`tarolmagan onasi insult bo`lib bir taraflari ishlamay qoldi. Ancha vaqt betob bo`lib yotdilar. Oyoqqa turganidan qiziga abort qildirasan dedilar qiz yo`q dedi yigit esa u bilan urushib qoldi bolang xam sen xam kerak emassan dedi shu gapdan keyin dugonam onasini gapiga kirib abort qildirdi. 1 oycha mazasi bo`lmay yotib qoldi keyin yigitini tashlab ketganinga ishonmasdi, bir kuni yigit dugonamni yoniga kelib yalindi yolvordi yana sevgisini qozondi. Yaqinda ularni unashtirishdi aprel oyida to`ylari bo`ladi lekin yuragi xali xam tug`ilmasdan o`lgan bolasini o`ylab tilka pora bo`ladi.
U doim men o`zbek qizlari nomiga dog` tushurdim buncha voqealardan keyin qanday qilib chimildiqqa kiraman deydi.....