Agar siz ushbu narsalarni ekranda ko`rgan bo`lsangiz, demak bu o`zbek kinosi!
Boyvochcha odam har doim kadrga telefonda gaplashib kirib keladi, va har doim "hop-hop" so`zlarini qaytaraveradi
Ona xuddi to`yga otlangandek tilla taqinchoqlarni hammasini taqib olgan bo`ladi
Hech kim uyga kiryotganda oyoq kiyimini yechmaydi
Telefon raqamlarini faqat boshi ko`rsatiladi
Qahramonlar har doim boy bo`lishadi, pul faqat dollarda xisob kitob qilinadi, eng kam kupyura esa $100 bo`ladi
Bosh qahramon hech qayerda ishlamaydi lekin qayerdanir pul topadi
Ota-onalar ham hech qayerda ishlashmaydi
Mashina haydochisi uy egalari bilan do`stdek muomila qiladi
Agar ekranda bir yigit bilan bir qiz bo`lsa film ohirida ular baxtli bo`lishadi
Kafeda o`tirishganda stolda vazada kesilmagan sitrus mevalari, bittadan Kola, Fanta va bitta sok bo`ladi
Hech kim ovqat yemaydi
Sigareta ham chekishmaydi o`zbek kinosi
Oylab kelmagan uyni "kvartplata"sini kim to`lagan bo`lib chiqadi?
Boyni uyi boy bo`lishi kerak, kambag`alniki kambag`al
Hamma Oybek metrosidagi domda yashashadi
Jahldor ona\ota film ohirida o`zgaradi
Hamma onalar mashina haydashni bilishadi
Hamma sovchi Zuhra Soliyeva
Telefon raqamini teriboq "alo" deyishadi
Qo`shni o`tayotganida har doim eshik ochiq bo`ladi
Hamma qishloqdan kelganlar Toshkent shevasida gapirishadi
Qizlar uyqudan turishsa yuzlarida kosmetika bilan uyg`onishadi
Hamma boyvochchalar jipda yurishi kerak, iloji boricha qora ranglisida
Hamma boyvochchalarni bo`ynida tilla zanjir bo`ladi
Mafiozlar har doim sigara chekishadi o`zbek kinosi!
Hech kim vodaprovoddan suv ichmaydi
Amerikani
ko`rsatmoqchi bo`lishsa shunchaki uydagi televizorda "BBC" yoki "CNN"
ni yoqib qo`yishadi. Bilishmaydi-ki "BBC" bu Buyuk Britaniyani
telekanali