Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni,
Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham.
Ko`z yig`lab yupatar har birimizni,
Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham...
Bu satrlarni Radiokanalda eshitgandim va Yon daftarimga qoralab ham
qo`yganman. Lekin vaqti kelib, oradan yillar o`tishi bilan, bu satrlar
menga ham tegishli bo`lishini bilmabman.
Xayf ketgan ko`z yoshlarimga....
Vujudim borliqqa jo`shqin, Qalbim titroq, Xis- hayajon ila nazar qilar
olardi. Tunda, ahli bashariyat shirin uyquning og`ushida beg`am,
mastona.
Men esa hamon uyqudan benasibman, unga BEGONAMAN... nega tun bu qadar alamli???
Agar inson ko`z yoshi qilmasa, nima bo`larkin-a? Bu telbalarcha fikr
bilaman... Ammo nima qilay, Taqdir bu Kun o`z hukmi bilan Orzuimni
Armonga uladi. Men esa ko`z yowim bilan tunni kunga...........
Yoshligimda "Bekinmachoq" o`ynashni xush kurardim. O`yin boshlandiki,
xar doim bekinganlarni izlash mening zimmamda edi. Bu men uchun shunday
maroqli edi-ki... Ularni aslo topolmasdim. Vaqt allamahal bo`lgacha
o`zlari chiqib kelishardi: "Sen yutqazding, to bizni topmaguningcha
keyingi gal ham Izlaysan!"
Shu hol takror va takror davom etar, bugun ham, indiniga ham shu hol bo`lishini bilsam-da, yana izlayverardim.
Yillar o`tdi. Aslida bilsam, shu yoshligimgacha ham hayotimda
bekinmachoq o`ynab kelgan ekanman. Va turgan gap-ki, bugun ham
izlaganimi topolmadim. Ko`z oldimda o`zimdanda kattaroq, yugurgilab
o`tgan insonlarni topolmaganman-u... Qanday topay mavhum BAXTni, OMAD
va SEVGIni...?
Ochiq ko`zlarim izlashga emas, ko`z yoshga atalgan ekan, bugun yana
izlayapman, ammo bu gal boshqacha. Endi esa to`kkan ko`z yoshlarimni
kimdur o`z quvonchiga, kulgusiga erishish uchun tilab oladi.
Tilaydi-yu, hadya qilishim bilan parvo ham qilmaydi...!
O`rtada qoladi ko`z yoshim uvol, Xazonga ulgurgan ko`z yoshim Guhox.
Eh, vujudim ardog`idagi ko`z yoshim, seni yuragimdan siqib
chiqaribmanu, kimga tortiq qilishni bilmabman. Nahot senga shunchaa
BEVAFO bo`lsam?...
Xayf kim uchundir to`kkan ko`z yoshlarim!!!
Gohi o`yga tolaman: izlashdan ko`ra bekinish osonroq ekan. Bugun men
ham bekinib ko`rsamchi? Lekin... bu o`yinda izlovchi Kim???
Izlamayman tunda yorug`lik nurni,
Izlamayman kunduz qorong`u tunni!
Nima bo`lganda ham yo`qlab charchadim. Bugun men bekinay, bir bora
izlang meni, KERAKLIGIM! Toki meni o`gay gunohlarim topolmasin. Mayli,
bir umr bekinishga roziman! Lekin meni izlasin kimdur, MAYLIGA
TOPOLMASA HAM............................
|