Uyda sovga o'rash uchun ishlatiladigan yaltiroq tillarang qog'ozdan
bir o'ram olib qo'ygan edim. Bir kuni to'rt yoshli qizim o'sha qogozdan
qandaydir o'yinchogini o'rash uchun olaman deb xammasini gijimlab
Tashlabdi.Rosa jahlim chiqib ,uni qattiq qoyib berdim.Qizim bo'lsa
yiglab-yiglab yotogiga kirib yotib oldi.
Ertasiga ertalab nonushta qilayotganimizda yonimga kelib; ''Mana
bu siz uchun ,dadajon'',deb o'sha yaltiroq qog'ozga o'ralgan
Kichik bir qutini menga uzatdi. Kechagi qo'polligim ychun pushaymon
bo'lib, o'zimni aybdordek his qilardim.ammo qutini ochib yana figonim
falakka chiqdi.Chunki quti bo'm -bo'sh edi.Qilgan ishining yanglish
ekanini tushuntirish uchun o'shqira ketdim;
Axir bir kishiga sovga berganda,quti ichiga biror narsa solib berish
kerakligini bilmaysanmi? Yoki ustimdan kulmoqchi bo' ldingmi?
Qizim bo'lsa , yoshli ko'zlari bilan menga qarab bunday dedi;
Dadajon,bu quticha bo'sh emas. Men bu quticha ichiga o'pichlarimni
puflab qo'yganman. Xammasi sizga,dadajon!
Bu gapdan keyin ichim tamom bo'lgandi. Darhol uni quchoglab ,meni
kechirishini so'radim. Eh, biz otalar ,bolalarga bolalardek muomala
qilishni qachon o'rganamiz?
O'sha voqeadan keyin qizim sovg'a qilgan o'sha bosa to'la qutini
yonimdan xech ayirmadim.U men uchun juda qadirli sovgaq'a
aylangandi. Hatto yotog'imning bosh tarafiga qo'yib qo'ydim. Qachon dunyo
tashvishlaridan siqilsam ,darhol qutini olib ,qizchamning hayoliy
o'pichlari bilan sevinib,sevgisini eslab qo'nglim tasqin topadi.
Aslini olganda har birimizning ham ana shunday sevgi va o'pich to'la
qutilarimiz bor. Ammo negadir ne'matni qadirlashda ko'pincha kechirib
qolamiz.
musslimat
|