Bilmadim kambagal, yo boyni qizi Yaxshi yo yomon insonni qizi, Lekin musulmonsan unutma buni O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Evropa qiziga o'xshama aslo Satanga o'xshab bo'yanma aslo Momolaring kabi bo'lgin sen dono O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Erkaklar gap otsa ko'zingni suzma, Shayton gapiga kirib aslo buzulma Erkakka tik boqma yerga qaragin O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
O'zbeksan sof o'zbek tilda gaplashgin Ovozing ko'tarmay go'zal so'zlashgin Behuda so'zlamay quro'n o'qigin, O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Sigaret chekishlar, aroq ichishlar Nomaqul so'z so'zlab, so'kinishlar Senga hech mos emas o'zbekni qizi O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Sen ayolsan unutma erkak emassan Allohim yaratgan nozik hilqatsan Shukr qil kofirmas sen mo'minasan O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
O'zingni kimlarga o'xshatmoqdasan? O'zligingni qara, unutumoqdasan, Turishinga qara, tayinsiz millat, O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Guncha labinga bo'yoq surtasan, Oydek yuzinga bo'yoq chaplaysan Kindikni teshasan, qoshni teshasan O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Qop qora sochingni sariqqa bo'yab Yurasan ko'chada lo'liga o'xshab Bunday yurmoginga bormi ayt sabab? O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi.
Yigitlar gap otsa ko'zing suzilar Yurishing o'zgarar, nozing yuksalar Parvo qilmaysan sendan kulsalar O'zbekka o'xshagin o'zbekni qizi
|