Alloh bandasiga Qur`on tushirgach, Saodat yo`liga undadi bizni. SHayton bu savdoga tiqilib kirgach, Bugun ko`ring endi hayotimizni... Bunda na ma`no, na mazmun qoldi, oh, Ko`zlarda fitnalar qotib qolmishlar. Ming yillik chinorlar, malaklar guvoh, Bizni haqqa undab, tamom tolmishlar. Biz go`yo osmondan tushgan insonlar, Misoli ko`klarda uchgan kabutar. O`ylaymiz, ertaga Pok Parvardigor Amallarimizga bermas javoblar. Bugun biz tinmasdan tinglaymiz hadis, Qur`on oyatlarin o`qiymiz go`zal. Lek Alloh rasuli tashlab ketgan iz Biror ishimizda ko`rsatmas asar. Sahobalar uchun aytib ofarin SHudir deymiz asli eng to`g`ri hayot. Aslida Umarning tutgan yo`llarin Qaysidir ertak deb o`ylaymiz, hayhot. Biz nega shunchalar harobmiz ayting, Qur`onni hayotga joriy qilolmay. Agar rostgo`y bo`lsak, bo`lsangiz, qayting Bu tuban va chirkin tuzumda qolmay. Bugun men, siz va biz - iymonga muhtoj, Dunyoning safsata yo`lidan bezib. Nahot shundan keyin topmasak iloj, Turfa hil yo`l tutgan besh qit`a kezib. Agar Alloh yo`lin sof yo`l desangiz, Qur`onni manhaj deb biling hotirjam. Rasulullohni agar haqqon sevsangiz U zotning yo`llarin ushlangiz mahkam. Bugun shu oddiy bir haqiqatni biz Qalbimiz tubida tan ola bilsak, Bilingki, dunyoda emasmiz yolg`iz, Bilingki, bizda bor eng asl tirgak. Bu Alloh kalomi Qur`ondir shaksiz, So`ng Rasuldan qolgan jamiki hadis.
|