Bani isroilda bir aka uka bo'lishgan ekan.
Uka judayam ibodatga qattiq berilgan ertayu kech toat ibodatda. Aka
ichkilikka ruju qo'ygan har kuni may ichib mast bo'lib yotar edi.
Shunda ey aka uyalmaysizmi Xudodan, qo'rqmaysizmi Xudodan tashlang
buni, man sizni qilayotgan ishizdan juda uyalyapman. Ey uka men bilan
Ollohni qo'y men o'zim bilaman Ollohga muxabbatim qanchaligini men
o'zim har kuni Ollohdan shu narsadan judo qilishini so'rayman
eplolmayapman uka dashnom beraverma! Uka ibodatga berilganligidan
o'zini ancha baland olardi qalbini shaytoni vasvasi, takkabur, kibr
havo egalladi. Kibr havo egalagandan keyin iymonga darz ketdi. Bir kuni
o'tirib man shu akami diliga ozor berib, ichkiligini gapirib tashlab
kelgandim. Man nima qildim, ibodatku qilib nima ma'no topyapman, man
ham borib akam bilan o'tirib mayxo'rlik qilmaymanmi? Mayishat
qilmaymanmi? Bo'ldi, yig'ishirdim namozni ham, ibodatni ham. Borib akam
bilan quy manga ham demanda mayxo'rlikni, ulfatchilikni boshlab
yuboraman deb, akasi tomonga qarab yo'l oldi! Akasi may ichib turib
birdan, qalbi erib ketdi: yo Rabbiy mendan necha yosh kichkina ukam
ibodatda bo'lsa, bu narsalarni qilmasa, men yoshim katta bo'lib turib
haliyam aqlimni taniyolmay kundan kun sog'lig'im ketib, ibodat qilmay
bu omonat dunyodan shu may bilan o'tib ketamanmi? - TAVBA qildim
Olloh. Meni isyonlarimi kechirgin. Hozir ukamni oldiga boramanda
ukajonim meni kechir Olloh kechirsin. Ukam endi menga ibodatni
o'rgatadi. Men TAVBA qildim, men tashladim bu ishlarni deyman deb
tayyorlanib, ukasi tomon yo'l oldi! Qarangki taqdir taqazo ikkalovlari
yo'lda vafot etdi!
Olloh Taolo farishtalariga aytdi: ikkovini niyatiga
yarasha, nima niyatda vafot qilishgan bo'lsa, niyatiga qarab Jannat va
Do'zaxga olib bor. Akani niyati ibodat, tavba u Jannatga. Ukani niyati
mayxo'rlik qilib maishat qilish aka bilan Olloh harom qigan narsani
tanavul qilish niyatda dunyodan o'tdi, uni niyatiga qarab Do'zaxga!
Xulosa: niyat holis bo'sin, niyat to'g'ri bo'sin! e-friends.uz