- Yaqinda amerikadan kelibsiz. To'g'imi?
- Bu yil hali Amerikaga borganim yo'q. Bu noto'g'ri. Boshqa shaharlarga ko'p borganim tog'ri.
- Lekin Nilufar Amerikaga boradi deb eshitgan edim.
- To'g'ri unaqa gaplar ko'p bo'ldi. U yerga konsert
safarlariga ham taklif qilishdi, ammo borolmadik chunki bu yerda juda
ham ishimiz ko'p edi. Umuman olganda kun tartibini yozib yuradigan
kitobchamiz to'lib ketdi.
- Safarlaringiz juda ham ko'payib ketdi...
- Viloyatlar bo'yicha safarlarim ko'paydi.
- O'qishingiz nima bo'ldi?
- O'qish ham bo'lmoqda. Mana hozir ham o'qishdan keldim.
- Jurnalistika soxasida ishlaganingizga guvox bo'lganmiz. Bu soxani tashlaganingiz ham rostmi?
- Bu shunchaki qiziqish bo'ldi. Chunchaki bilan boshlanib bir
qanaqadur muxlislarga ega bo'lgan bir loyiha bo'lib chiqdi. Buni Sayyod
bilan birgalashib qilgan edik. Buni o'zimga soha deb bilmayman
shunchaki qiziqish deb o'ylashman. Bu narsani o'qishim bo'lgani sababli
o'zimni ishlarim ko'pligi uchun har doim halqga yurganim uchun bu
narsaga vaqtim yetmayapti. Uning ustiga oilam bolam bor. o'glim
birinchi sinfga chiqgan shuning uchun bolamga ko'proq etibor berishim
kerak.
- Hammaga yoqgan edide shu gazetada ishlaganingiz... ketganingizga hamma muxlislaringiz hafa bo'lib o'tirishibdi.
- (Kulib) Nimaga hafa bo'lishadi? Hozir juda ko'p san'atkorlar bu
yo'nalishda ketishmoqda. Hamma gazetani o'zini san'atkori
jurnalistikani olib borishmoqda. Menimcha bir san'atkor bilan cheklanib
qolishi kerak emas hamma san'atkorlarni bu tamonlama ham insonlar
ko'rishi kerak.
Turk tilida bemalol gaplasha olar ekansiz. Shu qanchalik haqiqat?
To'g'ri bemalol gaplasha olaman. Chunki yoshligimda maktabimizda turk
sinfdoshlarim juda ko'p bo'lgan. Shunga ular bilan yoshligimdan
gaplashaverib o'rganib ketganman. Umuman olganda gaplasha olaman va
tushunaman lekin yozishga kelganda ularni harflarini yoza lomayman.
- Bonem guruxiga qabul qilinganingiz rostmi?
- Bonem guruxiga qabul qilinganim rost. Chunki bu yerda kino olinganda
bonem guruxini tuzishgan edi. Uchta qiz va bitta yigitdan iborat edim.
O'zbekcha ya'niy qalbaki bonemga qabul qilindim. Bu bir proyekt edi.
- Bu kinofil'm katta ekranlarga chiqdimi?
- Yo'q chiqmadi lekin sotuvlarda bor.
- Fotomodel bo'lib ishlayotganingiz to'g'rimi?
- Yo'q fotomodel bo'lib ishlamaganman.
- Lekin rasmlaringizni ko'rib qoldim.
- Rasmlarim bor lekin hech qachon bir kompayinada
fotomodel bo'lib ishlamaganman. Balki o'zimni fotosessiyamdan olingan
rasmlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak.
- Balki. Takliflar tushib qolsa rozi bo'lasizmi?
- Takliflar bo'lgan ammo rozi bo'lmayman bu narsaga. Reklama bo'lsa bu
boshqa narsa. Fotmodel bo'lish uchun albatta fotomodelga o'xshab
ko'rinishi kerak.
- Siz ham ulardan qolishmaysiz.
- Lekin baribir hammani o'zini sohasi va yo'nalishi bo'ladi.
Gap-so'zlarga qaraganda ot minishga qiziqar ekansiz?Shu ham rostmi?
Albatta bu rost. Chunki yoshligimdan ot minishga qiziqaman va ot minaman.
- Hozir ham minib turasizmi?
- Ha, hozirda ham minib turaman.
- Aytishlaricha hovlingizdagi hovuzda akula boqar ekansizmi?
- Akula boqar edim lekin safarga ketganimda hashaki baliqlarimga ovqat
berilmagani uchun ular och qolib akulalarimni yeb qo'yishgan.
- Nechta akulangiz bor edi.
- To'rta akulam bor edi.
- Siz bo'lmasa akulani qayerdan olgansiz?
- Sotib olganmiz, olib kelishgan edi.
- Akulani boqishga qo'rqmaganmisiz?
- Yo'q. Yarim metrdan sal kattaroq bo'ladi. (Kulib)Yeb qoymaydiku lekin tishlab olishi mumkin.
- Hovlingizdagi barcha gullarni o'zingiz ekganingiz qanchalik haqiqat?
- Bu haqiqat. To'qson to'qqiz foizga rost. Nimaga desangiz menga gul
ekishni o'rgatgan ayyol Nigora opa bu narsani. Agar o'zing eksang
o'zini mehring tushadi sen eksang senga bo'ysunadi degandilar va yo'l
yo'rug' ko'rsatganlar. Shuning uchun uydagi gullarni o'zim ekaman.
- Nechta gullaringiz bor?
- Son-sanog'i yo'q.
- Aytishlaricha ish yurutuvchingiz Davron har kuni sizga ovqat ko'p iste'mol qilmagin deb na'sixat berar ekan. To'g'rimi?
- Bu gap rost, (kulib) to'ppa to'g'ri. Bu yigitni urushib berish kerak.
- Ilk bora 8 yoshingizda osh tayyorlagansiz. To'g'rimi?
- Ha to'g'ri.
- Hozirgi paytda ham ovqatlar tayyorlab turasizmi?
- Albatta lekin tez tayyor bo'ladigan ovqat va salatlarni tayyorlab turaman. Chunki vaqtim juda kam.
- O'g'lingiz san'atkor bo'lishiga qarshiligingiz rostmi?
- To'g'ri qarshiman, hohlardimki o'g'limning olimnamo bo'lishini chunki
olimlik qonida bor. Haqiqiy o'qimishli bo'lib davlatimizga foyda tegib
ishlashini hohlayman. Endi Xudo biladi kim bo'lishini? Nima bo'lsa ham
eng zo'r sohani eng zo'ri bo'lsin.
- O'glingiz juda ham to'polinchimi?
- Ha juda to'polonchi. Hozirgi maktabga chiqgani bois tartibli to'polon
qiladi. Ya'niy dars paytida to'polon yo'q, darsdan so'ng albatta
to'polonchi.
- Tahallusinlaringiz ham bor ekan...
- Tahalluslarim ko'p. Qaysi birini aytay?(Kulib)
- Hammasini.
- Kuku bor. Onam kuku deb chaqiradilar kegin eng yomoni yoshligimda
seni to'rta butilkaga almashib olganmiz "lo'lisan" deyishardi. "lo'li"
va"Nilushka" tahallusimlarim bor.
- Do'stlaringiz sizni nima deb chaqirishadi?
- Patti deb chaqirishadi.
- Nimaga asoslanib?
- (Kulib)Buni aytib bera olmayman.
- Bu tahallusni kim 'oylab to'pgan?
- Bu ismni Shuxrat aka Nuraliyev qo'yib olganlar. Buning o'zini sabablari ham bor.
- Bilishimizcha advokatlik idora ochishni niyat qilgansiz. Shu rostmi?
- Albatta niyatim bor, bo'lgan va bo'ladi. Birinchi navbatda o'qishimni tugatishim kerak.
- Mish-mishlarga qaraganda turmushga chiqayotgan ekansiz. Bu ham to'g'rimi?
- Mish-mishlarga qaraganda turmushga chiqayotgan ekansiz degan savolni umuman olib tashlasangiz bo'laveradi.
- Demak turmushga chiqmayapsiz?
- Yoq. Ya'niy oq ko'ylak kiyib to'y qilmayman va qilmaganman shu bir
yil ichida, mani uch marta erga berishgan bo'lishsa Andijonga,
Samarqandga, Qashqaryoga umuman erga tegmaganman.
- Faqatgina odamlarni gapi bilan erga tekkansiz.
- Odamlarni gapi bilan erga tekkanman. Lekin shu yil ichida oq ko'ylak qiyib to'y qilganim yo'q.
- Konsert berish niyatingiz yo'qmi?
- Hozircha yo'q. Menicha hali vaqti kelgani yo'q.
- Muxlislarga tilaklaringiz.
- Albatta muxlislarga tilaklarim faqatgina hammaligi sog' va salomat
hushchaqchaq va quvnoq bo'lib yurishsin. Ularga o'zimga qanaqa niyatlar
tilagan bo'lsam hamma yaxshiliklarni tilab qolaman va gazetangiz
muxlislariga ham shuni chin dildan tilab qolaman.
- Qimmatli vaqtingizni ayamay, suhbatga kelganingiz uchun katta rahmat. Sizni ham ishlaringizga omad.
- Rahmat sog' boling!
|