Ushbu she'rim men uchun qadrli.Marhamat baho bering. NIDO Olisdan eshitildi ajib bir nido,Unda sözlayotir hayot qissasi Dod solar,yig'laydi:-aybim ne xudo? Xayolga toladi bukib tizzasi. Birdan yomg'ir yog'di uning boshida, Göyo dunyo chökdi uning yoshida. Bir vaqtlar qolib gunohi azimga, Onasiga egmas boshin ta'zimga. Baqirardi,pisand qilmas onasin, Endi qaytib qildi unga bolasin. Qancha og'ir botdi unga bu holat, Shunda bildi qilgan ishi jaholat. Endi afsus-nadomatdan foyda yöq, Chunki munis,mötabar onasi yo'q.
|