Jasoratli himoyachi
Nemis avcharkasini bronza davrida bo’ridan tarqalgan deb tahmin qilinadi. Balki, aynan shu tahmin ko’pincha bu itlarning fe’li “bo’rinikiga” noo’rin o’xshatilishiga sabab bo’lar. Agar har qanaqa boshqa kuchuk xat tashuvchining orqasidan qopadigan bo’lsa, bu jinoyat hisobga olinmaydi. Agar bu ishni nemis avcharkasi qilsa bormi, jamiyat bir ovozdan uni qonxo’r va xavfli deb topadi. Bunday ayblov albatta ikki barobar alamli. Nega desangiz nemis avcharkalari eng aqlli, eng baquvvat itlardan biri va bu hususiyatlarini ular doim inson foydasiga ishlatib kelishgan.
Fidoiy qahramonlar.
Nemis avcharkasi zotiga mansub it, nemis xalqini barcha fazilatlarini boshqalarga qaraganda yaxshiroq aks ettiradi. U batartib, haybatli va judayam intizomli. Bu zot vakillari ikkala jahon urushi davrida ham askarlar yonida turib, mardonavor qatnashishgan. Masalan Dik laqabli it Pavlovsk saroyini ozod etishda qatnashgan, uch marta yaralangan va oxir-oqibatda, barcha harbiy sharaflar berilgan holda dafn etilgan. AQSHda esa birinchi jahon urushida qatnashgan itlarga qo’yilgan yodgorliklar ham bor. Nemis avcharkalari hozirgi kunda ham armiyada, politsiyada hizmat qilb kelmoqdalar. Gollandiyada eng mashxur it bo’lib, Leo laqabli avcharka tan olingan. U Amsterdam aeraportida 9 yil mobaynida hizmat qilgan. Bu itlar yordamida bojxona hodimlari, soyabonlarda, jomadonlarda va soatlarda narkotik olib o’tmoqchi bo’lgan 300 kishini hibsga olishgan. Leoga bu hizmatlari uchun davlat nafaqa tayinlagan va uni qarigan itlar mehmonhonasiga dam olishga yuborishgan. Bir so’z bilan aytganda mana yuz yildan oshibdiki, nemis avcharkasining qadri oshsa-oshibdiki, ammo kamaygani yo’q. Nemislarning ajdodi deb ataladigan bu itlar, xatto 7-asr solnomalarida ham tilga olingan. Dehqonlar, ularni asosan uy hayvonlarini qo’riqlashda foydalanishgan, va ularni aql-farosatlari uchun yuqori baholashgan. Podani erta bahordan to kuzgacha yaylovga xaydaganda bu itlar kuniga 200 km gacha haydab borardi. Bundan tashqari, bu itlar podani kulrang yirtqichlardan muhofaza qilishgan. Vaqti-vaqti bilan turli-tuman zotlardan bitta yagona zotni yaratish masalasi yuzaga qalqib chiqardi, lekin ular odatda, muvaffaqiyatsiz yakunlanardi.
Yaxshi va undan ham yaxshiroq. Bu it zoti haqida olib borilgan tadqiqotlarga 1882-yilda nuqta qo’yilgan. O’shanda Gannoverda Greyf laqabli, o’rtacha kattalikdagi kulrang ko’ppak ko’rgazmaga qo’yilgan. Nemis avcharkasini ko’paytirgan birinchi kishi esa German kavaleriyasi polkovniki Maks fon Shtefanits sanaldi. U 1890-yilda hali yosh rotmistr bo’lgan chog’idayoq, milliy avcharkalarni ko’paytirishga qaror qildi. Hammasidan ham ko’proq Shtefanitsni bu itlarda yuz yillar davomida tinimsiz mehnat jarayonida shakllangan ishga bo’lgan g’ayrioddiy munosabat qiziqtirib qo’yadi. Nemis avcharkasining tug’ilgan kuni bo’lib, aslida 1899-yilning 3-apreli hisoblanadi. Bu kuni Maks fon Shtefanets va uning do’sti Artur Meyer Karlsrueda vaqtichoqlik qilishadi va ular itlar ko’rgazmasiga kirishadi. U yerda do’stlar o’rtacha gavdali, kulrang sarg’ish rangli, kattalgi bo’riga o’xshash, itoatkorona xo’jayinini oyog’i oldida turgan itga e’tibor berishadi. Itning laqabi Gektor Linkenxayn edi. Shtefanits Gektorni sotib oladi va unga Xorand fon Grafat deb nom beradi. Keyinchalik u o’zinging kitobida iti haqida shunday deb yozadi: “ Nemis avcharkasi”: “Xorand o’z davrida eng go’zal orzularning ajoyib ro’yosi edi. Uning o’zini tutishi ajoyib edi. U xo’jayiniga bo’lgan cheksiz vafosi va boshqa fazilatlari bilan ajralib turardi”. O’sha yili Shtefanits rasman nemis avcharkasi xo’jayinlari uyushmasiga asos soldi va uning birinchi prezidentiga aylandi. Ko’p o’tmay, dastlabki avcharkalar ko’rgazmasi o’tkazilib, unda Xorand g’olib chiqdi. Shtefanits o’zining itini nasldor itlar kitobida birinchi bo’lib ro’yxatga oldirdi va aynan Xorand yagona tipdagi it zotiga asos solishi kerak edi. Shunday bo’ldi ham: Xorandning bolalari uchta asosiy naslning asoschilari bo’lishdi. Agar asr boshi va hozirgi zamondagi nemis avcharkalari suratlariga qaraydigan bo’lsak, hech bir it zoti bu itlar kabi asosli va shiddat bilan o’z ko’rinishini o’zgartira olamaganiga guvoh bo’lamiz. Biroq bu zotdor itlarga mavqeini ushlab turish imkonini beradigan ma’lum shart sharoitlarga doimo rioya qilingan. Shuning uchun ham “klassik” nemis avcharkasi o’rtacha gavdali, ma’lum darajada tajovuzkor, qo’lga eng tez o’rgatiladigan va inson bilan oson aloqaga kirisha oladigan itdir. Bizning O’rta Osiyoga esa nemis avcharkalari faqat Ikkinchi Jahon urushi davrida kirib kelgan. Itlar Germaniyadan maxsus keltirilgan. Keyinchalik esa bu zotdagi itlarni chetga chiqarish man etilgan. Shu asnoda Sharqiy Yevropa avcharkalari yuzaga kelgan. Lekin itboqarlar bu itlarni alohida zot deb qabul qilishmaydi, negaki ular o’zlarining nemis qarindoshlaridan faqat bo’ylari bilangina farqlanadilar, halos.
|